$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Daromadlar 272,1 trillion, xarajatlar esa 307,9 trillion so‘m: byudjet taqchilligi salkam 35 milliardga yetdi

byudjet defitsit taqchillik

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9 oylik byudjet ijrosi bo‘yicha ma’lumot berdi. Hisobot davrida konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 272,1 trln. so‘mni, xarajatlari esa 307,9 trln. so‘mni tashkil etgan. Taqchillik – 35,8 trln. so‘m.

Daromadlar qaysi manbalardan shakllanyapti?

Yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 193,6 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 foizga o‘sgan. Daromadlar quyidagi manbalar hisobidan shakllangan:

bevosita soliqlar – 64,1 trln. so‘m;

bilvosita soliqlar – 62,3 trln. so‘m;

resurs to‘lovlari va mulk solig‘i – 26,5 trln. so‘m;

boshqa daromadlar – 40,7 trln. so‘m.

Xarajatlar 8,9 foizga oshdi

Hisobot davrida davlat byudjeti xarajatlari 219,3 trln. so‘m bo‘lgan va o‘tgan yilning 9 oyiga nisbatan xarajatlar 8,9 foizga oshgan. Budjet xarajatlarining iqtisodiy tasnif bo‘yicha ijrosi quyidagicha bo‘lgan:

ish haqi – 71 trln. so‘m;

kapital qo‘yilmalar – 9,4 trln. so‘m;

asosiy vositalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlar – 3,3 trln. so‘m;

subsidiyalar – 19,8 trln. so‘m;

ijtimoiy nafaqalar – 13,6 trln. so‘m;

transfertlar – 23,4 trln. so‘m;

ijtimoiy ajratmalar – 17,7 trln. so‘m;

tovar va xizmatlar xarid qilish – 18 trln. so‘m;

foiz to‘lovlari – 9,6 trln. so‘m.

Mahalliy byudjetlarning moliyaviy holati

2024-yilning 9 oyida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy farq 19,9 trln. so‘mni tashkil etgan.

Hududlar kesimida eng katta defitsit Andijon viloyatida qayd etilgan. Viloyatda mahalliy byudjet daromadlari 2,72 trln. so‘m, xarajatlari esa 4,84 trn. so‘m, defitsit 2,12 trln. so‘m bo‘lgan. Keyingi eng yomon ko‘rsatkichlar Farg‘ona (taqchillik – 1,96 trln. so‘m) va Namangan (taqchillik – 1,83 trln. so‘m) viloyatlarida kuzatilgan.

Eng kam taqchillik Navoiy viloyatida shakllangan – 581 mlrd. so‘m.

Defitsitni qoplash uchun ajratilgan byudjetlararo tartibga soluvchi transferlarning eng katta qismi quyidagi hududlarga berilgan – Andijon viloyati (1,68 trln. so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,66 trln. so‘m) va Namangan viloyati (1,62 trln. so‘m).