$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston byudjet taqchilligini qoplash uchun nima qilmoqda?

Deficit

Amaldagi strategiya davlat qarzi va byudjet taqchilligi oshib borayotgan davrda mamlakat zaxiralarini saqlab qolish uchun imkoniyat yaratmoqda.

Byudjet taqchilligini qoplash uchun strategiyasi

O‘zbekiston har oy oltin zahiralarni qatta miqdorda sotmoqda. Ushbu strategiya davlat qarzi va byudjet taqchilligi oshib borayotgan davrda mamlakat zaxiralarini saqlab qolish imkonini bermoqda. Biroq iqtisodchilar bu strategiyani tanqid qilishmoqda. Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotiga ko‘ra, mart oyida O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bir oy ichida O‘zbekiston 11 tonna oltin sotdi va bu bo‘yicha Tailand (10 tonna) va Iordaniyani (4 tonna) ortda qoldirdi.

Iqtisodiyot muammolari

Dunyodagi aksariyat markaziy banklar qimmatbaho metallarni jamg‘arishga harakat qilmoqda, biroq O‘zbekiston oltin sotishni oldindan amalga oshirib kelgan. Tahlilchilarga ko‘ra, oltin savdosiga o‘sib borayotgan qaramlik so‘nggi yillarda iqtisodiyotda davom etayotgan muammolarga ishora qiladi. O‘zbekiston oltin ishlab chiqarish bo‘yicha sobiq ittifoq hududida Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Oltin sotish to‘liq davlat nazoratida bo‘lib, azaldan O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan.

2016 yildan keyin...

Biroq Shavkat Mirziyoyev 2016 yil so‘nggida hokimiyat tepasiga kelganidan buyon mamlakatning oltinda bo‘lgan zaxiralarning ulushi sezilarli darajada oshdi. 2016 yil 1 yanvar holatiga oltin-valyuta zaxiralari tarkibida xorijiy valyuta ulushi 50 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda bu ko‘rsatgich deyarli uchdan ikki qismiga yetdi. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2024 yil 1 may holatiga ko‘ra 34,2 milliard dollarni tashkil qildi. Shundan 26,5 milliard dollarga teng qismi oltin ko‘rinishida saqlanmoqda.