$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Dunyo bo‘ylab global qarz miqdori 315 trillion dollarga yetdi

global debt global debt

Dunyo mamlakatlari qarzi 2024-yilning birinchi choragida yangi rekordni qayd etdi va atigi uch oy ichida 1,3 trillion dollarga oshdi.

“Bo‘ynigacha qarzga botgan” davlatlar

Qarz olishdagi bu to‘fon iqtisodiyotlar bo‘ylab keng tarqalgan tendensiyadir. AQSH va Yaponiya rivojlangan iqtisodiy davlatlar orasida bu qarzga eng katta hissa qo‘shgan bo‘lsa, Xitoy, Hindiston va Meksika rivojlanayotgan bozorlarda eng katta ulushni egalladi. Umuman olganda, global qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati 333 foizga yetdi, chunki qarzga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori xarajatlar va o‘sib borayotgan qarz yuklari ko‘payishda davom etmoqda.

O‘sib borayotgan qarz tog‘i

Quyida 2024-yilning birinchi choragida global qarz 315,1 trillion dollarga ko‘tarilganiga guvoh bo‘lish mumkin:

2024-yil 1-chorak $315,1 trln.

2023-yil 4-chorak $313,8 trln.

2023-yil 3-chorak $305,3 trln.

2023-yil 2-chorak $306,2 trln.

2023-yil 1-chorak $307,0 trln.

2022-yil 4-chorak $297,8 trln.

2022-yil 3-chorak $289,0 trln.

202-yil 2-chorak $298,2 trln.

2022-yil 1-chorak $307,6 trln.

2021-yil 4-chorak $304,7 trln.

Pandemiya boshlanganidan beri umumiy qarz 21 foizga oshib, global jami miqdorga 54,1 trillion dollarni qo‘shdi.

Qarzning eng katta ulushi qaysi sektorga tegishli?

Bugungi kunda qarzning eng katta ulushi 94,1 trillion dollarni tashkil etgan nomoliyaviy korporatsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi, davlat qarzlari esa 91,4 trillion dollar bilan keyingi o‘rinda. Shu bilan birga, moliya sektori 70,4 trillion dollar, uy xo‘jaliklari esa 59,1 trillion dollar qarzga ega.

 Bu jahon iqtisodiyoti uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin

Rag‘batlantirish choralari qarz olish oqimini kuchaytirgan bo‘lsada, bu iqtisodiyotni yanada xavfli holatda qoldirmoqda. Amerikada qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari mudofaa xarajatlaridan ko‘proq bo‘lib, foizlar to‘lovi yanada oshishi kutilmoqda. Natijada, hukumat o‘z qarzlarini yengish uchun soliqlarni oshirishi yoki xarajatlarni qisqartirishi kerak bo‘lishi mumkin. Hozircha hech bir siyosiy partiya mamlakatning fiskal barqarorligini ta’minlovchi mazmunli strategiyaga ega emas.

Теги :
Jamiyat