Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

“Qora dayjest”: 2024-yil 6-avgust voqealari

Poyezd bilan toʻqnashgan Lacetti, soxta treyderga ishongan ayol, eri tomonidan oʻldirilgan ayol, kuchli tok urishidan vafot etgan elektrik — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.

3 daqiqa o‘qiladi

“Qora dayjest”: 2024-yil 6-avgust voqealari

Surxondaryoda poyezd bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Qumqo‘rg‘on tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, YTH bugun soat 12:40 larda Qumqo‘rg‘on tumanining Joziba mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti mashinasini boshqarib borayotib, Qumqo‘rg‘on-Elbayon temiryo‘l bekati oralig‘idagi temiryo‘l kesishmasida svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmay harakatlangan. Oqibatda mashina Sariosiyo-Termiz yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan.

Haydovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Namanganda soxta treyderga ishongan ayol qariyb 100 mln. so‘mga chuv tushdi

Namanganda fuqaroning 92 mln. soʻm pullarini o‘zlashtirgan firibgar treyderning qilmishlariga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatida yashovchi Sh.G. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 92 mln so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirib olinganini bildirgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan R.N. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan R.N. jabrlanuvchi ayol Sh.G. bilan Telegram orqali yozishgan hamda unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib, pullarini birja orqali ko‘paytirib berishini va’da qilgan. Shu tariqa u aldov yo‘li bilan jabrlanuvchining 92 mln so‘m miqdordagi pulini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Buxoroda 50 yoshli erkak 29 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirdi.

Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Rabotak” mahallasida yashovchi 50 yoshli erkak 24 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, marhuma erkakning uchinchi xotini bo‘lgan.

2019-yilda esa Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 24 yoshli ayol bilan turmush qurgan.Oilaboshi hech qayerda ishlamagach, farzand tug‘ilgan oilada muammolar kelib chiqa boshlagan. Shundan so‘ng ayol mahallada kafelarning birida ishlay boshlagan. 50 yoshli erkak ayolini rashk qilib, har kuni kafeda janjal ko‘targan. Kunlarning birida ayolining unga xiyonat qilayotgani aytilgan xabardan so‘ng, bu to‘polon kattalashgan va qotillik bilan yakunlangan.

2024-yilning 30-iyul kuni ayoli ishlayotgan kafega borgan erkak janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan ayolining chap bel sohasiga og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Ayol esa voqea joyida vafot etgan.

Andijonda elektrik katta kuchlanishli tok urishi oqibatida vafot etdi

MIB marhumning oila a'zolariga 200 mln. soʻm moddiy hamda 50 mln. soʻm ma'naviy zarar pullarini undirib berdi. "Qonchilikka koʻra, bunday vaziyatda ish beruvchi vafot etgan xodimning oila a'zolariga yetkazilgan har qanday zararni toʻliq hajmda qoplab berishi zarur boʻladi", deydi Majburiy ijro byurosining Matbuot xizmati rahbari.

Ish hujjatlariga koʻra, elektr tarmoqlari korxonasi xodimi oʻziga yuklatilgan vazifani bajarish chogʻida, ya'ni katta kuchlanishli tok urishi oqibatida vafot etgan va bu holatda uning yaqinlariga moddiy hamda ma'naviy zarar qoplab berilmagan.

Shu sababli, marhumning yaqinlari sudga murojaat etib, moddiy va ma'naviy zarar pullari undirib berilishini soʻragan.