$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

8:00 dan 9:30 gacha: Metro bekatlariga yaqin OTMlarning dars boshlanish vaqti belgilandi

otm

9-sentyabrdan metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.

Bundan maqsad nima?

Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan o‘qish vaqtlari jadvali tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2024-yil 9-sentyabrdan yuqoridagi 27 ta oliy ta’lim maskani talabalari tasdiqlangan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Qaysi oliygohda qachon?

Grafikda Toshkent davlat transport universiteti ,Toshkent farmasevtika institutida darslar 8:00, Oʻzbekiston davlat jahon tillari, Oʻzbekiston davlat iqtisodiyot universitetlarida darslar 8:30, Webster, Yangi Oʻzbekiston universitetlarida 9:00 da boshlanishi belgilangan.