$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Daraxtlar kuchli jazirama taftini pasaytirishda kutilganidek samara bermaydi

Daraxtlar

Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish — kuchli jazirama taftini pasaytirishda kutilganidek samara bermaydi. Avstraliya va Xitoy olimlari tomonidan Sustainable Cities and Society (SCS) ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot-maqolada shunday xulosaga kelingan. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Samaradorlik 60 foizgacha pasayib ketadi

Daraxtlarning “yashil soyaboni” hosil qiladigan salqinlashtirish samaradorligi issiq to‘lqinlar paytida 60 foizgacha pasayib ketadi, deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning tushuntirishicha, yoz sharoitida daraxtlar haroratni sutka davomida 1°-2° darajagacha pasaytirib beradi. Bu salqinlashtiruvchi effektga transpiratsiya, ya’ni daraxtlar issiqlikni o‘ziga yutib, so‘ngra barglari orqali suvni bug‘lantirishi natijasida erishiladi. Biroq issiqlik stresslari (kuchli jazirama) chog‘ida daraxtlar qurishdan o‘zini saqlash uchun namlik tarqatishni to‘xtatadi.

Daraxtlarning xususiyati saqlanib qolishi uchun ularni me’yoridan ortiq sug‘orish talab qilinadi

Qo‘shimcha qilinishicha, jazirama paytida daraxtlarning salqinlashtiruvchi xususiyatini saqlab qolish uchun ularni mo‘l-ko‘l sug‘orib turish talab etiladi.

Bundan tashqari, harorat chegarasi 34°C dan 45°C gacha oshirilgan genetik moslashtirilgan daraxtlar ham salqinlashtirishda yordam berishi mumkin.

Теги :
Jamiyat