Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Telegram’da kiberhujumlardan qanday himoyalanish mumkin?

So‘nggi vaqtlarda Telegram akkauntlarini o‘g‘irlash holatlari tez-tez uchramoqda. Kiberhujumlar asosan o‘zbek jurnalistlari, media menejerlari, marketologlar va davlat idoralarini nishonga olmoqda. Xo‘sh, kiberhujumlardan qanday saqlanish mumkin? Kiberhujum bo‘lgan vaqtda nima qilish kerak? Ushbu maqolada bu kabi savollarga javob topishga urinamiz.

2 daqiqa o‘qiladi

Telegram’da kiberhujumlardan qanday himoyalanish mumkin?

So‘nggi vaqtlarda Telegram akkauntlarini o‘g‘irlash holatlari tez-tez uchramoqda. Kiberhujumlar asosan o‘zbek jurnalistlari, media menejerlari, marketologlar va davlat idoralarini nishonga olmoqda. Telegramda katta auditoriyaga ega bo‘lgan “Generalissimus” kanali va Davlat bojxona qo‘mitasini rasmiy sahifasining ham “hujum”ga uchrashi shular jumlasidan. Xo‘sh, kiberhujumlardan qanday saqlanish mumkin? Kiberhujum bo‘lgan vaqtda nima qilish kerak? Bu kabi savollarga ushbu maqolada javob topishga urinamiz.

Hujum sxemasi qanday ishlaydi?

Kiberhujum sxemasi oddiy: “o‘lja” yoki jabrlanuvchi akkaunt guruhga qo‘shilib, tanlov ishtirokchisiga ovoz berishi so‘raladi. Guruhdagi so‘rovnomadagi ikkita nomzoddan birini tanlaganida, so‘rovnomaga biriktirilgan havola soxta domenga olib boradi. Ovoz berish uchun ma’qul variantni tanlaganidan so‘ng, boshqa resursga yo‘naltiriladi va ovoz berishni yakunlash uchun Telegram’ga QR yoki SMS kod orqali kirishni taklif qilishadi. Natijada, jabrlanuvchining sahifasi buzib kiriladi va o‘g‘irlanadi.

Himoyalanish chora-tadbirlari

Telegramda o‘z hisobingizni o‘g‘irlashdan himoyalanish uchun bir nechta asosiy choralar mavjud. Bunda “Sozlamalar” qismidan ikki faktorli autentifikatsiya xavfsizlik tizimini yoqish va murakkab parollardan foydalanish lozim. Shubhali havolalarni bosmaslik, shubhali manbalarga SMS va ogohlantirish (Push) orqali kelgan kodlarni kiritmaslik kerak. Agar qarindosh yoki do‘stingizdan ovoz berish yoki tanlovda ishtirok etish haqida xabar kelsa, shubhali link biriktirilmaganligiga qayta-qayta tekshirish muhim.

Kiberhujumlardan saqlanish uchun bilimning o‘zi kifoyami?

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: kiberhujumlardan saqlanish uchun bilimning o‘zi kifoyami? Albatta, kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimga ega bo‘lish – bu birinchi qadam. Ammo bu yetarli emas. Foydalanuvchilar o‘zlarini himoya qilish uchun amaliy choralar ko‘rishlari ham zarur. Ikki faktorli autentifikatsiya, murakkab parollar, shubhali havolalardan ehtiyot bo‘lish, ishonuvchan bo‘lmaslik – bularning barchasi kiberxavfsizlikni ta’minlashning muhim elementlari hisoblanadi.

Kiberhujumga duch kelganda nima qilish kerak?

Kiberhujumga duch kelganda, darhol akkauntingizdan chiqib keting va parolingizni o‘zgartiring. Ikki faktorli autentifikatsiyani yoqing. Qurilmangizdagi antivirus dasturlarini yangilang va to‘liq skanerlashni amalga oshiring. Telegram qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, hujum haqida xabar bering. Shubhali havolalar va xabarlardan ehtiyot bo‘ling va do‘stlaringizni ogohlantiring. Hujumni tahlil qilib, qanday sodir bo‘lganini aniqlashga harakat qiling. Bu holatda “panica”ga tushmaslik muhim. Bank hisoblaringizni tekshirib, shubhali tranzaksiyalarni aniqlash uchun tezkor choralar ko‘ring. Ushbu choralar kiberhujumdan keyin zararli oqibatlarni minimallashtirish va sahifangiz xavfsizligini tiklashga yordam beradi.