CoVID-19 va semizlik: Olimlar ikkalasining o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
Tadqiqotchilar 2020-yilning martidan 2021-yilning 25 yanvariga qadar sinovdan o‘tgan bemorlardan olingan natijalarga qarab xulosa qilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda amerikalik olimlar COVID-19 virusiga moyillik va semirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib chiqishdi.
Tadqiqot ishtirokchilari kimlar?
Bu tadqiqot juda ko‘p odamlar o‘rtasida o‘tkazilgan, jumladan 687 813 bemor, ulardan 72 613 nafari SARS-CoV-2 infeksiyasi bilan kasallangan. Tadqiqotchilar 2020-yilning martidan 2021-yilning 25 yanvariga qadar sinovdan o‘tgan bemorlardan olingan natijalarga qarab xulosa qilmoqda, koronavirusga qarshi vaksina olgan bemorlarning natijalari bundan mustasno.
COVID-19ni boshidan o‘tkazgan bemorlarining 34 foizi semirib ketgan
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, COVID-19ni boshidan o‘tkazgan bemorlarining 34 foizi semirib ketgan. Mutaxassislar ularning xulosalari yakuniy emasligi va endi ular ortiqcha vaznning koronavirus tarqalishiga qanday hissa qo‘shishi mexanizmini batafsilroq o‘rganishlari kerakligi haqida ogohlantirdi.



