$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Meʼyorida ichilgan qahva umrni uzaytiradi

Qahva

Qahvaning zararli mahsulot ekanligini, uni koʻp ichib boʻlmasligini har doim eshitamiz. Balki shu sababdan ham qavha bizga juda mazali tuyular. Axir, inson zoti mumkin boʻlmagan narsalarni bajarishga odatlangan. Tongda ichilgan qahva uyqusizlik jigʻildon qaynashi va qaltiroq bosishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, qahva koʻplab kasalliklarning ham oldini oladi.

Diabetga chalinmaysiz

Qahvaning deyarli barcha turlari 2-toifa diabetdan himoya qilishi mumkin. Qanchalik ko‘p qahva ichsangiz, diabetga chalinish xavfi shunchalik kamayadi. Ammo kuniga 250 ml dan 4 stakandan ko‘proq qahva ichsangiz, uyqu muammolari va migren paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababdan meyorni saqlagan maʼqul. Qahvaning tarkibida xrom mavjudligi insulinning qonga singishiga yordam beradi.

Qahva Alsgeymer kasalligi xavfini pasaytiradi

Tadqiqotlarga qaraganda, qon tarkibida kofein moddasining miqdori yuqori bo‘lishi Alsgeymer kasalligiga chalinishni kamaytiradi. 

Yurakni himoya qiladi

Aniqlanishicha, bu ichimlik arterial fibrilatsiyani 13 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, qahva ichuvchilarda uni ichmaydiganlarga qaraganda yurak xuruji 19 % va infarktga moyillik esa 30 % ga kamroq boʻladi.

Umrni uzaytiradi

Ma’lum bo‘lishicha, 2016-yilda Yevropa Epidemiologiya jurnalida nashr etilgan tadqiqot natijasiga koʻra, kuniga 4 finjon qahva ichadiganlar odatda yurak yetishmovchiligi va saraton kabi ko‘plab sabablar oqibatida yuzaga keladigan o‘limni kechiktiradilar. 

Suitsid va tushlikka tushish kamaygan

Xususan, ayollarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kuniga toʻrt finjon qahva ichganlarda ruhiy tushkunlikka chalinish va o‘z joniga qasd qilish holatlari 20% ha kamaygan.

Homiladorlar kam isteʼmol qilsin

Britaniya olimlarining ta’kidlanishicha, homilador ayol tomonidan har kuni iste’mol qilinadigan har 100 mg kofein (qahva, shokolad, kakao, kola) homila vaznini 50 mg ga kamaytiradi, bu homilaning massasi kichik bo’lgan dastlabki bosqichlarda rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Shuningdek, agar homilador ayol kuniga 4-7 chashka qahva ichsa, u holda bolaning o’lim xavfi 33% ni tashkil qiladi. Biroq, kuniga 1-2 stakan ichish salbiy ta’sir ko’rsatmasligini va homila vaznining kamayishiga olib kelmasligi aniqlandi.

Kunlik me’yori qancha?

Olimlarning ta’kidlashlaricha, sog‘lom inson uchun bir kunlik kofein «normasi» — tana vazni har bir kilogrami uchun uchdan olti milligramgacha. Ya'ni kuniga koʻpi bilan 2 finjon qavha ichish lozim.

Qahva ichishga eng maʼqul vaqt

Kristina Taul ismli amerikalik diyetolog shifokor ertalab uyg‘ongandan so‘ng limon sharbati qo‘shilgan bir stakan suv ichishni, oradan yarim soat o‘tgach esa nonushta bilan bir finjon qahva ichishni tavsiya qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, limonli suv oshqozonda to‘g‘ri ishqorli muhitni hosil qiladi, 30 daqiqadan keyin ichilgan qahva esa ishtahani pasaytiradi, bu esa ertalabki nonushtani qattiq ochlikni his qilmagan holda tanovul qilish imkonini beradi.

O‘zbekistonga 2 oyda 81,4 tonna kofe import qilingan

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatlardan qiymati 697,2 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 81,4 tonna kofe import qilgan.

Eng koʻp qahva import qilgan davlatlar

— Italiya – 27,8 tonna

— Germaniya – 15,2 tonna

— Polsha – 8,8 tonna

— Rossiya – 7,4 tonna

— Buyuk Britaniya – 4 tonna

— Braziliya – 2 tonna