$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

UzAuto Motors Cobaltni yana qayta sotuvga qo‘ymoqda

Cobalt Кобалть

UzAuto Motors shartnomasi olingan, lekin puli o‘z vaqtida to‘lanmagan Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari 11-dekabr kuni soat 10:00 da savdo.uzavtosanoat.uz portali orqali qayta kontraktatsiyaga qo‘yilishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya axboroti

Ma’lumotga ko‘ra, GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modifikatsiyasi uchun shartnomalarni faqat savdo.uzavtosanoat.uz orqali tuzish mumkin. Kompaniyaning qayd etishicha, avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar uchun belgilangan vaqtda to‘lovi amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga qo‘yiladi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar onlayn tarzda savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni qayerdan olish mumkin?

Telegram-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi orqali esa navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumot olish mumkin. Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Savollar yuzasidan kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali ma’lumot olish mumkin. 

Ma’lumot uchun, Kompaniya 22-noyabr kuni GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT uchun shartnoma tuzishi ma’lum qilingandi. Shu kuni, 10 soat ichida mazkur modellar uchun jami 55 494 ta shartnoma berilgan. Oradan bir hafta o‘tgach UzAuto Motors tuzilgan shartnomalar uchun to‘lovlar 2-dekabrgacha qabul qilinishini xabar beradi.

Теги :
Jamiyat
Avto