$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir kg koʻmirdan 8 kVt⋅soat emas, balki 0,8 kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi

ko

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bir kilogramm koʻmirdan 8 kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilar ekan", degan mazmunda videoxabar eʼlon qilindi. Xoʻsh, bu qanchalik toʻgʻri? Haqiqatdan ham shundaymi? Holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Koʻmirlar omixtasining issiqlik darajasi 3 000 kkal

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJdan olingan maʼlumotlarga qaraganda, bugungi kunda koʻmir yoqilgʻisiga ixtisoslashtirilgan issiqlik elektr stansiyalarida mahalliy va asosan Qozogʻistondan keltiriladigan import koʻmirning omixtasidan foydalaniladi. Mazkur koʻmirlar omixtasining issiqlik berish darajasi 3 000 kkalga keltiriladi.

Ushbu bir tonna omixta koʻmirning oʻrtacha narxi olib kelish hamda yuklash xarajatlari bilan birga 425 ming soʻmni tashkil qiladi.

Videoxabarda keltirilgan fakt xato

Qayd etilishicha, 1 kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun xuddi shu omixta koʻmirdan oʻrtacha 1,2–1,4 kilogramm sarflanadi. Boshqacha aytganda, 1 kilogramm omixta koʻmirdan 8 kVt⋅soat emas, balki undan qariyb 10 marta kam – oʻrtacha 0,8 kVt⋅soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Demak, bir kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan 1,2 kilogramm koʻmirning narxi 510 soʻmni, 1,4 kilogramm koʻmirning narxi esa 595 soʻmni tashkil etishini inobatga olsak, videoxabarda keltirilgan faktning xato ekanligi oydinlashadi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish tannarxi 

"Aytish kerakki, koʻmir stansiyasida elektr energiya ishlab chiqarish tannarxi tarkibida yoqilgʻi xarajatlari 60 foizni, mehnatga haq toʻlash xarajatlari 8 foizni, bino va energo uskunalarning eskirish xarajatlari 8,2 foizni, taʼmirlash xarajatlari 5 foizni, kurs farqidan zararlar 8 foizni, jalb qilingan kredit foizlari toʻlovlari 4 foizni, soliq toʻlovlari 1,5 foizni va boshqa xarajatlar 5,3 foizni tashkil qiladi", - deyiladi xabarda.

Bugungi kunda koʻmir yoqilgʻisiga ixtisoslashtirilgan issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish tannarxi qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan 848,4 soʻmga tengdir.

Теги :
Jamiyat