$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistondagi eng katta muzliklardan biri shiddat bilan erimoqda

Muzlik

Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti xabar berdi.

Ekspeditsiya tafsilotlari

Qayd etilishicha, Paxtakor muzligi O‘zbekistonning sharqiy qismida, Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegaralariga juda yaqin joylashgan. Ekspeditsiyasining asosiy maqsadi Paxtakor muzligining massa balansini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Germaniya yer tadqiqotlari ilmiy markazi hamda Yashil Markaziy Osiyo tashabbusi loyihalari asosida Toshkent viloyatidagi eng katta Paxtakor muzligiga navbatdagi ekspeditsiya amalga oshirilgan. Paxtakor muzligiga dastlabki ekspeditsiya o‘tgan 2023-yil yozida amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda tadqiqotchilar muzlik tiliga 3 metrli qoziq burg‘ilab o‘rnatib kelishgan edi. Joriy ekspeditsiyada esa qoziq muzlikdan ajralib qolgan. Chunki muzlik bir yil ichida 20 metr ortga chekinib, muz tili 3 metrgacha erib tugagan. Tadqiqotchilar qimmatli meteostansiya ma’lumotlarini olishdi.

Paxtakor muzligi haqida

Ma’lumot uchun, Paxtakor muzligi – Toshkent viloyatining borish qiyin bo‘lgan Oygaing qor ko‘chki meteorologik stansiyasidan (bu obyektdan keyin hech qanday bino obyekti mavjud emas) naqd 35 km uzoqda, viqorli tog‘lar orasida yastangan bo‘lib, muzlikka ekspeditsiya a’zolari naqd 2 sutkada piyoda yetib borgan.

Unutmaslik kerakki, iqlimning o‘zgarishi kelajakda tog‘li hududlarda muz erishi oqibatida hosil bo‘ladigan ko‘llar ko‘payishiga olib keladi. Bu ko‘llar tabiiy dambaga ega bo‘lib, kelajakda tog‘li hududlarda kutilmagan toshqinlarga olib kelishi mumkin.

Теги :
Jamiyat