2024-yilning eng issiq mamlakatlari ro'yxati e'lon qilindi
Dunyoning 15 mamlakatida haroratning eng yuqori ko'rsatkichlari yangilandi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yil butun dunyo bo'ylab eng yuqori havo harorati rekordlari yili bo'ldi.
Ekstremal jaziramalar haddan ortiq kuzatildi
Bu haqda iqlimshunos Maksimiliano Errera “The Guardian” gazetasi bilan suhbatda ma'lum qilmoqda.
“Ekstremal jaziramalar shunchalik ko'p kuzatildiki, shu paytgacha yuz berganlaridan yoki taxmin qilganimizdan ham ortiq. 2024-yilning fevralidan iyuliga qadar bo'lgan davrda barcha statistik ko'rsatkichlar bo'yicha rekordlar qayd etildi”, – dedi Errera.
130 ta issiqlik rekordi yangilandi
Shuningdek, yil boshidan buyon 15 mamlakatda yangi harorat maksimumlari qayd etildi, qolaversa, turli mamlakatlarda oylar bo'yicha 130 ta issiqlik rekordi yangilandi.
2024-yilda harorat maksimumi Meksikada - 52 daraja, Misrda – 50,9 daraja, Malida - 48,5 darajagacha ko'tarilgan.
Xususan, jahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda, 2024-yilda kamida 10 mamlakatda 50 darajadan yuqori havo harorati qayd etilgan.



