$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tamaki mahsuloti noqonuniy aylanmasining eng yuqori ulushi — Namanganda

Tamaki

Tamaki mahsulotining noqonuniy aylanmasi O‘zbekistonda jiddiy muammo bo‘lib, iqtisodiyotga va ijtimoiy sog‘liqni saqlashga ziyon keltirmoqda.

2024-yil 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda tamaki mahsuloti noqonuniy aylanmasining ulushi 12,5% ni tashkil qilmoqda. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti ma’lumot berdi.

Qaysi hududlarda noqonuniy aylanma ulushi ko‘proq?

O‘zbekistonda tamaki mahsuloti noqonuniy aylanmasining eng yuqori ulushi Namangan viloyatiga tegishli, viloyatda ushbu ko‘rsatkich 49,3 foizni tashkil qiladi.

Farg‘ona vodiysi 25,6%, Navoiy viloyati – 11,2%, Buxoro viloyati – 8,9% lik natija qayd etilgan.

 Toshkent viloyatida noqonuniy aylanmaning ulushi 9,1% ni tashkil qiladi, ayrim shaharlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori: Chirchiqda – 11,5%, Bekobodda – 12,5%, Angrenda – 11,9%.

Shuning barobarida, poytaxt Toshkent noqonuniy aylanmaning pastroq natijasini ko‘rsatmoqda – 8,8%.

Sabab nima?

Bunday notekislikning sababi turli shaharlardagi huquq qo‘llanilishida va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Chunonchi, Farg‘ona vodiysi, xususan, Namangan viloyati O‘zbekistondagi noqonuniy tamaki savdosining asosiy markazlari sanaladi va bu hududlardagi noqonuniy aylanmaning yuqori darajasi huquqni muhofaza qilish organlari va savdo ustidan nazoratga bog‘liq muammolarga dalolat qiladi.

Toshkent viloyatida noqonuniy aylanma o‘rtacha darajasining nisbatan pastligiga qaramay, ayrim shaharlarda bu muammo jiddiyligicha qolmoqda. Uni hal qilish uchun huquqni qo‘llash va savdo ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha maqsadli choralar, shuningdek aholi o‘rtasida chekishning va noqonuniy tamaki mahsuloti savdosining zarari haqidagi xabardorlikni oshirish talab qilinadi.

Hududiy strategiyalar zarur 

Tamaki mahsuloti noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish uchun har hududning muayyan shart-sharoitiga moslashtirilgan hududiy strategiyalar zarur. Bu strategiyalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

— huquqni qo‘llash va savdo ustidan nazoratni kuchaytirish;

— aholining chekish va noqonuniy tamaki savdosining zarari haqidagi xabardorligini oshirish;

— qonuniy tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun imtiyozlar, preferensiyalar, faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish;

— huquqni muhofaza qilish organlari, soliq xizmatlari va jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash.