$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxtda joriy yilda chiqindi bilan bog‘liq 2 000 dan ziyod huquqbuzarlik sodir etildi

chiqindi

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tuman inspektorlari tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashga qarshi doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

Jami 994 million 650 ming so‘m jarima

Xususan, joriy yilda shu paytga qadar boshqarma tomonidan poytaxtda jami 2226 ta qonun buzilishi holati aniqlangan. Bulardan 2201 tasi jismoniy shaxslar, 25 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan sodir etilgan.

Huquqbuzarliklar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Qonunbuzarlarga nisbatan jami 994 million 650 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Noqonuniy chiqindi tashlash qanday nazorat qilinyapti?

Tuman inspektorlari tomonidan fuqarolarga belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik kerakligi, bu atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lishi, chiqindilar uzoq muddat chirimasdan ekologiyaga zarar keltirishi va chiqindini duch kelgan joyga tashlash qonunchilikka ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi borasida tushuntirish ishlari olib borilyapti.

Ma’lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralarini respublikaning barcha hududlariga o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.

Avvalroq, Angren shahrida “Zero Waste” davlat xususiy sheriklik bitimi asosida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur shoxobchada O‘zbekistonda ilk bor qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish tajribasi yo‘lga qo‘yilgan.

Теги :
Jamiyat