$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yilda 29 ta chiqindi poligoni rekultivatsiya qilindi

eco chiqindi

2024-yil davomida O‘zbekistonda ekologik muammolarni bartaraf etish borasida katta ishlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Chiqindilarni boshqarish agentligi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi 81,2 gektar yer maydonini qamrab olgan 29 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni rekultivatsiya qilindi. Ushbu hududlar sanitariya talablari asosida tuproq qatlami bilan yopilib, ekologik zarar kamaytirildi.

Chiqindi poligonlarining xavfi qanday?

Chiqindi poligonlari sanitariya va ekologik talablarga javob bermagani sababli:

 — Yer maydonlarining zaharlanishi va genofondning buzilishi;

 — Atmosferaga issiqxona gazlari chiqishi;

 — Yong‘in xavfi kabi muammolar yuzaga keladi.

Ushbu muammolarning oldini olish maqsadida Prezidentning chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid farmoni asosida “O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi” ishlab chiqilgan. Strategiyaga muvofiq, 1 108,6 gektar maydonga teng bo‘lgan 167 ta poligonning rekultivatsiyasi rejalashtirilgan.

Ekologik vaziyat yaxshilandi

2024-yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida ekologik vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi. Xususan, atmosferaga issiqxona gazlari chiqishi keskin kamaydi. Ushbu chora-tadbirlar nafaqat atrof-muhitga zararli ta’sirni pasaytirishga, balki global iqlim o‘zgarishining oldini olishga ham xizmat qildi. Sizot suvlarining havoga salbiy ta’siri 78 foizga pasaygani esa, yer osti suvlarini saqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bundan tashqari, yong‘in xavfini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi xavfsizligini oshirishga katta hissa qo‘shdi.

“Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlanmalar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab chiqindi poligonlarining ekologik holatini yaxshilash uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 112 ta chiqindi poligoni atrofiga jami 197 ming daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Ushbu “yashil belbog‘”lar atrof-muhitni tozalash, havo sifatini yaxshilash va tuproqni eroziyadan himoya qilish uchun xizmat qilmoqda. Natijada, bu hududlarning ekologik holati yaxshilanib, biologik xilma-xillikni saqlash uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Kelajak rejalar qanday?

Kelgusi yillarda O‘zbekistonda zamonaviy talablarga javob beruvchi chiqindi poligonlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu poligonlar orqali zararli gazlar chiqishini cheklash va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga erishish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali atrof-muhitga zarar yetkazuvchi omillarni minimallashtirish maqsad qilingan.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik