Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Samarqandda jahon chempionati boshlandi

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha jahon chempionati boshlandi.

1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda jahon chempionati boshlandi

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Ochilish marosimi

Samarqandda start olgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha dunyo birinchiligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov va Xalqaro kanoe federatsiyasi prezidenti Tomas Koniyesko ishtirok etishdi.

Katta tayyorgarlik

Rasmiylar O‘zbekiston bunday nufuzdagi musobaqani birinchi marotaba qabul qilayotgan bo‘lsa ham, unga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rganiga urg‘u berishdi. Shuningdek, ushbu majmua Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari doirasidagi eshkak eshish bahslarini yuqori darajada o‘tkaza olishi alohida ta’kidlandi.

Sportchilar soni

Musobaqa startidan avval ishtirokchi davlatlar va atletlar sonida o‘zgarish bo‘lib, unda 52 davlatdan 284 sportchi sovrinli o‘rinlar uchun startga chiqishi belgilandi. Kecha bir qator dasturlarda saralash bahslari o‘tkazildi. Bugun tushdan so‘ng dastlabki medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi.