Qo‘shni davlatlarga birgina ID-kartasi bilan o‘tish tizimi muhokama qilinmoqda
Bunday tizim 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab Qirg‘iziston bilan ishlab kelmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Xuddi shunday loyiha Qozog‘iston tomoni bilan ham muhokama qilinmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegaralar
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona sammitida Markaziy Osiyoda milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olish va "Bir tur – butun mintaqa" tamoyili asosida ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqishni taklif qildi.
Samarali tajriba
2023-yil 1-sentyabrdan boshlab ichki hujjat – fuqaro ID-kartasini taqdim etgan holda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tish tartibi amal qilayotgani bunga misol bo‘la oladi.
Bugungi kunda chegara umumiy uzunligining 90 foizdan ziyod qismi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Yuqori darajadagi birlashuv
Ulkan mintaqamizda ro‘y bergan "jarayonlarni qayta ishga tushirish" mexanizmi barcha uchun manfaatli bo‘ldi. Yuqori darajadagi birlashuv tufayli mintaqa iqtisodiyoti taraqqiy etmoqda. Kooperatsiya va mintaqa ichida tovar ayirboshlash darajasi sezilarli oshdi, xorijiy sheriklar bilan aloqalar kengaydi.
Mintaqadagi savdo hajmi 4,4 barobar, qo‘shma korxonalar soni 5 barobar, o‘zaro investitsiyalar hajmi qariyb 2 barobar oshdi.



