$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Kognitiv charchoq nima va unga qanday chora ko’rish mumkin?

charchoq

Har kuni turli qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi va bu qarorlar miqdori miyamizni charchatishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir qaror miyada glutamat moddasini chiqaradi, bu moddaning to‘planishi esa charchoqni keltirib chiqaradi.

Aqliy charchoq

Ma’lum qilinishicha, haddan tashqari glutamat miyadagi sinapslarda yig‘ilib, fikrlash jarayonini og‘irlashtiradi, bu esa qaysidir paytda qarorlar qabul qilish qobiliyatini pasaytiradi. Bu holat “kognitiv charchoq” deb ataladi.

Shuningdek, kognitiv charchoq doimiy va qiyin aqliy vazifalardan keyin yuzaga keladi. Masalan, murakkab vazifalarga yo‘naltirilgan tadqiqot ishtirokchilari oson vazifalarga qiyoslaganda 8% ko‘proq glutamat to‘plashgan. Bu holat ularni ko‘proq impulsiv qarorlar qabul qilishga olib kelgan, chunki charchagan miya yengil va tez mukofotlarni afzal ko‘radi.

Eng yaxshi dam — uyqu va tanaffus

Miyaning kognitiv ishdan keyingi tiklanishi uchun eng yaxshi usul uyqu va tanaffus qilishdir. Uyqu miyadagi glutamat miqdorini to‘g‘rilashga yordam beradi, shuningdek, charchoqni yengillashtiradi.

Shuning uchun charchoqni yengillatish va qarorlar qabul qilishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun vaqt-vaqti bilan miyaga dam berish, uyquga yetarlicha ahamiyat berish tavsiya qilinadi.