$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

JSST O‘zbekistonda saraton kasalligiga chalingan bolalarni bepul dori vositalari bilan ta’minlaydi

Saraton

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalar onkologik kasalliklarini davolash bo‘yicha yangi global dastur ishga tushirdi. Dastlabki bosqichda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston saraton bilan kasallangan bolalar uchun yuqori sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlanadi.

Har yili 400 ming bola saratonga chalinadi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 400 mingga yaqin bolaga saraton tashxisi qo‘yiladi. Ushbu kasallik bilan kurashda samarali dori vositalarining uzluksiz yetkazib berilishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tashkilot xalqaro farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda bepul dori vositalarini yetkazib berish loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

Bepul davolash tizimi qayerlarda joriy qilinadi?

Loyiha dastlab O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonda ishga tushiriladi. Keyinchalik, Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyada ham bepul davolash tizimi joriy qilinadi. 2025-yil oxiriga qadar dastur olti davlatdagi kamida 30 ta shifoxonada 5000 nafarga yaqin bolani qamrab olishi rejalashtirilgan.

JSST kelgusi 5-7 yil ichida bu ko‘rsatkichni 50 ta davlatga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu orqali kamida 120 ming bolaga bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik