$
 12915.90
11.39
 14658.25
82.61
 162.44
0.45
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Ayrim noqonuniy qurilgan uy-joylarga mulk huquqi beriladi

cadastre

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne'mat Atamuratov sohaga oid fuqarolardan kelgan savollarga javob berdi.

Qurilishi bitmagan uylar kadastrda hisobga olinadi

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda qurilishi tugallanmagan bino hamda inshootlar ham bino va inshootlar davlat kadastrida hisobga olinishi mumkinligi belgilangan.

"E'tiborli bo‘ling, qabul qilinishi kutilayotgan qonunda joyni noqonuniy egallab olib, u yerda hozir qurilish qilayotganlarning bu ishini oqlash, e'tirof etish nazarda tutilmagan. Aksincha hozirda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilayotganlar qonunbuzarlik turiga ko‘ra, ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qonunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish bo‘yicha ma'lum davrlar belgilangan bo‘lib, ushbu davrlar kosmik suratlar yordamida aniqlanadi", - deydi Atamuratov.

Yer maydonlarini noqonuniy egallab olingani uchun jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197 hamda 229(1)-moddalarida belgilangan.

Agar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan binoni buzib tashlasa, jarimadan ozod qilinadimi?

MJTKning 60-moddasi 4-qismiga muvofiq yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta'minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Javobgarlikdan ozod etish kodeksning 60-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikka tegishli, ya'ni yer uchastkasini o‘zboshimcha egallab unda qurilish qilish bilan bog‘liq holat bundan mustasno.

Kadastr idoralarida maqsadsiz foydalanilgan erlarni olib qo‘yish vakolati bormi?

Ma'lumki, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish yuzasidan Kadastr agentligi organlari tomonidan sudga murojaat qilinadi. Maqsadsiz foydalanilayotgan yerlarni olib qo‘yish faqatgina sud tartibida hal etiladi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari qanday?

Tuman, shahar hokimliklari tomonidan ajratilgan yer ajratish to‘g'risidagi qaror, qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari, mulk huquqni tasdiqlovchi tuman, shahar hokimining qarori, oldi-sotdi, hadya, ayriboshlash, meros va boshqa huquqni belgilovchi xujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Qanday holatlarda yer maydonlarini noqonuniy egallab olingani uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi?

 Yer maydonlarini noqonuniy egallab olingani uchun jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197 hamda 2291-moddalarida belgilangan. 2291-moddada Sug‘oriladigan er uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2023-yilda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash (MJTK 60-modda 2-qismi) bilan bog‘liq 26 776 ta holatlar aniqlanib, huquqbuzarlarga berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 16 999 ta holat belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilganligi sababli, huquqbuzarlar jami 127,4 mlrd so‘mdan ortiq ma'muriy jarimadan ozod etildi (MJTK 60-modda 4-qismi bilan).

Теги :
Jamiyat