“Open budget” loyihasi avtomobil yo‘llariga qanday ta’sir o‘tkazdi?
“Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida 2024-yil davomida avtomobil yo‘llari sohasida qanday ishlar amalga oshirilganligi ma’lum qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva so‘z yuritgan.
Yanvar-iyun oylari sarhisobi
2024-yil uchun tasdiqlangan dasturlar ijrosi bo‘yicha sohada yanvar-iyun oylarida 4 trln. 475 mlrd. so‘m miqdorida ishlar bajarilgan.
Bunda 8 ming 570 km yo‘llar rekonstruksiya qilingan hamda ta’mirlangan.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1 trln. 494 mlrd. so‘m miqdorida ishlar bajarildi va 124,2 km avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha esa 1 trln. 614 mlrd. so‘mlik ishlar bajarilib, 4 ming 438 km yo‘llar ta’mirlandi.
“Tashabbusli byudjet“ dasturi doirasida 106,6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga 223 km ichki yo‘llar ta’mirlangan.
Bundan tashqari, ichki yo‘llarda 3 ming 689 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi.
Xalqaro moliya institutlari ishtiroki
Investitsiya dasturi doirasida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan 6 ta loyihalar bo‘yicha 99,9 mln. dollar o‘zlashtirilib, 96 km avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi.
Yuk avtomobillarining vazn parametrlarini nazorat qilish maqsadida hududlarda 26 dona ko‘chma tarozilar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.



