Hisob palatasi tomonidan yarim yilda 150 mlrd. so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqland
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Hisob palatasi mas’ul xodimi Sardor Usmanov ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

1,5 trln so‘mlik qarzdorlik
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oldidagi muddati o‘tgan kreditlar hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermerlar qarzdorliklarini qisqartirish borasida olib borilgan ishlar natijasida 1,5 trln. so‘mlik qarzdorliklar bartaraf etildi.
Mablag‘larni maqbullashtirish
2024-yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari ijrosi va yil yakunigacha mablag‘larni o‘zlashtirish imkoniyatlari qayta baholanib, 2,5 trln so‘m miqdoridagi mablag‘larni maqbullashtirish yuzasidan takliflar kiritildi.
Byudjet mablag‘larini maqsadli sarflash
Vazirliklarda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ishlar tashkil etildi:
Birinchisi, byudjet ijrosi jarayonida doimiy monitoring olib borish orqali maqsadsiz va samarasiz xarajatlarni oldi olinmoqda;
Ikkinchidan, me’yoriy hujjatlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish hamda raqamlashtirishni kuchaytirish orqali xato va kamchiliklarning to‘liq oldini olish choralari ko‘rilmoqda;
Uchinchidan, vazirliklarda "Situatsion markaz"lar tashkil etilib,
risk-tahlillar o‘tkazish orqali noqonuniy xarajatlar barvaqt to‘xtatilmoqda.
Qonunbuzarlik holatlari
Nazorat tadbirlarida 150 mlrd so‘mlik ortiqcha va noqonuniy, 797,4 mlrd so‘mlik maqsadsiz va samarasiz xarajatlar kabi holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmaslik choralari ko‘rildi.



