$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilning 1-yarim yilligida daromadlar 18,3 foizga oshib, 121 trillion so‘mga yetdi

Byudjet

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti daromadlarining 2024-yil 1-yarim yillik ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, byudjetning 2024 yil 1-yarim yillik daromadlari 2023-yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshib, 121 trln. so‘mni tashkil etdi.

Sohalar kesimida Davlat byudjeti xarajatlari 

Hisobot davrida Davlat byudjetining jami xarajatlari 149,8 trln. so‘mni, shundan ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlar 74,1 trln. so‘mni tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarda iqtisodiy xarajatlar - 21.6 trln. so‘m, Davlat hokimiyati va boshqaruv xarajatlari - 9 trln so‘m, investitsiya xarajatlari - 7.7 trln. so‘m, davlat qarzining foiz to‘lovlari - 7 trln. va boshqa (nomi aytilmagan) xarajatlar uchun 27.3 trln. so‘m sarflangan. 

Jamg‘armalar, subsidiya, soliqli va soliqsiz daromadlar

Jamg‘armalarning 2024-yil I yarim yillik daromadlari 41 724,6 mlrd so‘mni, o‘z navbatida, xarajatlari 41 123,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yarim yillikda Davlat budjetidan ajratilgan subsidiyalar miqdori 15 351 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shundan 2 947 mlrd so‘mi ijtimoiy ahamiyatga ega subsidiyalar uchun ajratildi. Shuningdek, daromadlarning 80,6 foizini soliqlar, 19,4 foizini esa soliqsiz tushumlar va boshqa daromadlar tashkil qildi.

Iyul oyining tushum va sarf-xarajatlari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat xaridlari va suveren xalqaro obligatsiyalarining kotirovkalari to‘g‘risidagi iyul oyi ma’lumotlari ham vazirlik tomonidan taqdim etildi. Unga ko‘ra, daromad va tushumlar 16 933,7 mlrd. so‘mni, xarajatlar esa 21 551,2 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari hisobi quyidagicha taqsimlangan:

elektron do‘konga 70 271 xarid (773,9 mlrd. so‘m),

boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun 2 525 xarid (50,8 mlrd. so‘m), 

eng yaxshi takliflarni aniqlash uchun 3 688 xarid (2 878,8 mlrd. so‘m), tender savdolari uchun 328 xarid (941 mlrd. so‘m).