$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Toshkentda jamoat transporti uchun yo‘lkira narxlari o‘zgardi

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning shu haqidagi tegishli qarori qabul qilindi.

Avtobusda naqd to‘lov endi 2500 so‘m!

Qarorga ko‘ra, bir nafar yo‘lovchi uchun qatnov bank va transport kartalari orqali amalga oshirilganda 1700 so‘m, naqd to‘lovda esa 2500 so‘m qilib belgilangan. Bir nafar yo‘lovchining bagajini tashish xarajatlari ham 2500 so‘mni tashkil etadi.

1 yillik to‘lovning umumiy miqdori

Qarorga ilova qilingan jadvalga asosan, bir yo‘lovchi uchun olti oylik to‘lov 900 ming so‘m, bir yilligi esa 1 mln 826 ming etib belgilangan.

Talaba, o‘quvchilarga chegirma

Talaba, o‘quvchi , pensioner va nogironlar uchun olti oylik to‘lov 450 ming so‘m, yillik to‘lov esa 913 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Qanday qilib transportda tekin yurish mumkin?

Shu bilan birga, tarif rejasiga ko‘ra bir soat ichida bir nechta avtobusga chiqadigan yo‘lovchi transport kartalari orqali to‘lov qilinganda birinchi avtobusda 1700 so‘m, ikkinchi avtobusda 700 so‘m to‘laydi va uchinchi va keyingi avtobuslar tekin bo‘lishi belgilangan.

Qarordan ko‘zlangan maqsad, karta to‘lovlari orqali vaqtni tejash va banklar bilan aloqa sifatini yaxshilash nazarda tutilgan.

Qaror e’lon qilingan kunda kuchga kirishi belgilangan.

Теги :
Jamiyat
Avto
Iqtisodiyot