$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Oliy ta’limga ajratilgan byudjet mablag‘lari qanday sarflanmoqda?

davlat byudjeti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet mablag‘laridan foydalanishi bilan bog‘liq maqsadli indikatorlar bajarilishi holati to‘g‘risida”gi axboroti tinglandi.

Maqsadli sarflar uchun 5,8 trln. so‘m byudjet ajratilgan

Axborotda ta’kidlanishicha, har yilgi Davlat byudjetining maqsadli sarflanishi bo‘yicha 2024-yil uchun aniqlangan rejaviy ko‘rsatkichda 5 trillion 820 milliard 800 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. 

Joriy yilning birinchi yarim yilligida respublika byudjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlar esa 2 trillion 238 milliard 900 million so‘mni tashkil qildi.

Oliy ta’lim vazirligiga ajratilgan mablag‘

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va uning tasarrufidagi muassasalar joriy xarajatlari uchun 4 trillion 768 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 1-iyul holatiga ko‘ra, amalga oshirilgan xarajatlar miqdori 1 trillion 877 milliard 600 million so‘mni tashkil etdi.

Magistratura bosqichidagi xotin-qizlar uchun qancha ajratildi?

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasasida magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash xarajatlari dasturiga asosan 2024-yilda aniqlangan rejaga ko‘ra 97,2 milliard so‘m ajratish belgilangan. Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra esa 2023/2024-o‘quv yilida mazkur dastur asosida 22,8 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Talabalar turar joylari uchun ajratilgan mablag‘ning qancha qismi sarflandi?

2024-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalar uchun ajratilgan 175,1 milliard so‘m subsidiya mablag‘laridan yarim yillikda 67,3 milliard so‘mi sarflangan va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Теги :
Jamiyat