"Tashabbusli budjet" yana boshlanmoqda
Loyihaning 2024-yilgi II mavsumi boshlanish sanalari e’lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

"Tashabbusli budjet" yana boshlanmoqda
Loyihaning 2024-yilgi II mavsumi boshlanish sanalari e’lon qilindi.
Boshlanish vaqtlari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qilishicha, "Tashabbusli budjet"ning ikkinchi mavsumiga 6-iyul sanasidan start beriladi.
Bunda:
1. Loyihalar kiritish: 6–26-iyul;
2. Loyihalarni saralash: 26-iyul–15-avgust;
3. Targ‘ibot qilish: 15–22-avgust;
4. Ovoz berish: 22-avgust–1-sentyabr sanalari davomida o‘tkaziladi.
Yo‘naltirilgan mablag‘lar
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi aytilgan.
Joriy yildagi loyihaning eng yuqori qiymati esa 1 trillion 360 million so‘mni tashkil etadi.
I mavsum holati
Ta’kidlash joizki, "Tashabbusli budjet"ning I mavsumi g‘oliblari aprel oyida ma’lum qilinib, 2770 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi. Bu uchun 3,3 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan edi.



