Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +10°

Brenddan noqonuniy foydalanish avj olib ketgan

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti kontrafakt mahsulotlariga qarshi reyd o‘tkazdi. Eng ko‘p soxtalashtirish “Biseptol” dori vositasida aniqlangan.

2 daqiqa o‘qiladi

Brenddan noqonuniy foydalanish avj olib ketgan

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti kontrafakt farmatsevtika mahsulotlariga qarshi reyd o‘tkazdi.

Farmatsevtika kontrafakti

Idora “Lakto-G”, “Biseptol”, “Desiferol”, “Magne B6” va “Smekta” kabi dori vositalarining kontrafakt nusxalari noqonuniy ishlab chiqarilganini aniqladi. GM Pharma shikoyatiga ko‘ra, regulyator “Lakto-G” dori vositasining asl nomi bilan chalkash darajadagi fonetik o‘xshashlikni aniqladi.

“Xon Saroy”, “Click” va “Uzum”

Shuningdek, “Xon Saroy”, “Click” va “Uzum” savdo belgilaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Yanvar oyida Xon Saroy brendiga o‘xshash peshlavha uchun banket zaliga 37,5 mln. so‘m jarima solingan.

Adliya vazirligi o‘zganing brendidan noqonuniy foydalanish yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha (37,5 mln. so‘mdan 75 mln. so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishini eslatdi.

“Biseptol”ning qalbakilashishi

Bundan avval, Anhor.uz nashrida Toshkent shahridagi 69 ta dorixonada “Biseptol” dorisining nusxasi bo‘lgan qalbaki dori vositalari sotilayotgani haqida xabar chiqqan edi. Unga ko‘ra, 2024-yil oktyabr oyida ushbu tovar belgisiga egalik qiluvchi Polshaning Adamed Pharma S.A. farmatsevtika kompaniyasi Adliya vazirligining Intellektual mulk markaziga murojaat qildi. U О‘zbekistonda “Biseptal” nomi ostida “Biseptol” preparatining qalbaki versiyasi ishlab chiqarilayotganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Intellektual mulk markazi kompaniyaga huquqbuzarlikni to‘xtatish va “buning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan sabab va sharoitlarni tartibga solish”ni talab qilib, buyruq chiqardi.

Dori o‘ramidagi ma’lumotlarga ko‘ra, qalbaki “Biseptal” dorisi “Sharq Darmon” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Yuridik shaxslar reestriga ko‘ra, korxona 2007-yilda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Jamiyatning ustav kapitali 3,5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lib, ta’sischilari: Shamaxmudova Muazzam Rasulovna (20,2 foiz), Shovohidov Shoaziz Shorahim o‘g‘li (9,8 foiz), Shamaxmudov Shorahim Shavaxitovich (70 foiz).

Besetol

Shuningdekm qalbaki “Besetol” dorisi Spring Pharmaceutic tomonidan ishlab chiqariladi. Kompaniyaga nisbatan savdo belgilariga qo‘yiladigan talablarni buzish bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Unga 100 BHM (37,5 million so‘m) miqdorida jarima solindi va kontrafakt tovarlar ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qilindi.

Kompaniya 2017-yilda Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, uning ustav kapitali – 14,6 mlrd so‘m. Muassislari: Mamadaliev Zokirjon Sadriddinovich (54,6 foiz), Jabborov Muradullo Xojiakbarovich (31,9 foiz), Medical Capital MChJ (13,5 foiz).

Tovar belgisi egasi bo‘lgan Polsha kompaniyasi “ko‘p yillardan beri katta moliyaviy zarar ko‘rayotganini” ma’lum qildi.