Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

Qo‘yliqdagi ovqat bozori taomlari iste’molga yaroqsizligi tufayli yopildi

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Taomlar iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan

Ma’lum qilinishicha, reyd tadbirlari davomida 101 kg banan, 21 kg salatlar, 45 litr ikkilamchi idishlarda saqlanayotgan sut hamda 32 kg miqdordagi pishirilgan taomlar iste’molga yaroqsizligi tufayli savdodan olinib, yo‘q qilish choralari ko‘rilgan.

Sanitariya qoidalariga amal qilinmagan

Shuningdek, bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitariya qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targ‘ibot ishlari o‘tkazilishiga qaramasdan obyektda holat o‘zgarishsiz qolgani sababli “ovqat bozori”ning ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Obyektda sanitariya holati yaxshilanib, mutaxassislar tomonidan talabga javob berishi to‘g‘risida xulosa berilmagunga qadar “ovqat bozori” ish faoliyatini davom ettirmaydi, deyiladi xabarda.