$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda muhofaza qilinadigan hududlar 5 yilda 5,2 % dan 14% ga koʻpaydi

qo

Maʼlumotlarga koʻra, Yer yuzidan soʻnggi 50 yilda hayvonlarning 100 dan ortiq turi, Markaziy Osiyoda esa 26 turdagi qushlar, 12 turdagi sut emizuvchilar, jumladan, Turon yoʻlbarsi, Osiyo qoploni va boshqa endemik turlar butunlay yoʻq boʻlib ketgan.

“Xalqaro bioxilmaxillikni saqlash kuni”ga bagʻishlangan davra suhbati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi hamkorligida “Xalqaro bioxilmaxillikni saqlash kuni”ga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Unda mamlakatimizda biologik xilma-xillikni saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

BMTning “Biologik xilmaxillik toʻgʻrisida”gi Konvensiyasi

BMTning “Biologik xilmaxillik toʻgʻrisida”gi Konvensiyasi dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Oʻzbekiston 1995-yildan boshlab mazkur Konvensiyaga qoʻshilgan va biologik xilma-xillikni saqlash va mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etishga oid bir qator majburiyatlarni olgan. Oʻtgan davrda mamlakatimizda sohaga oid koʻplab muhim qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, mamlakatda 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish hamda 10 yilga moʻljallangan biologik xilmaxillikni saqlash strategiyalari samarali amalga oshirilmoqda.

Mamlakat maydonining 14 foizini muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil qiladi

Hozirda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni mamlakat umumiy maydonining 14 foizini tashkil etadi. Ushbu koʻrsatkich bundan 5 yil avval atigi 5,2 foizni tashkil etar edi.

“Bugungi kunda Oʻzbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimiga 8 ta davlat qoʻriqxonalari, 2 ta davlat biosfera rezervati, 3 ta milliy tabiat bogʻi, 10 ta davlat buyurtma qoʻriqxonalari, 6 ta tabiat yodgorliklari, 3 ta yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar, respublika hududidan oqib oʻtuvchi 8 ta daryolarning suvni muhofaza qilish zonalari, xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq joylari roʻyxatga kiritilgan 4 ta koʻl kiradi. Ushbu hududlarni asrab-avaylash bioxilma-xillikni saqlashga xizmat qiladi,” — dedi T. Xojanazarov.

Sayyoramizda biologik xilmaxillik kamayib bormoqda

Tadbirda sayyoramizda biologik xilmaxillikning kamayishi kuzatilayotgani ham aytib oʻtildi. Dunyoda tobora jadal olib borilayotgan saʼy-harakatlarga qaramay, biologik xilmaxillikni yoʻqotish jarayoni davom etmoqda. Bu esa aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni asrab-avaylash borasidagi ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi.

Muhokamalarda yashil bogʻlarni koʻpaytirish, bioxilmaxillikni saqlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.