$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston AI-80 benzindan voz kecha oladimi?

Benzin

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AI-80 benzindan voz kechish masalasi har yili qishda ko‘tarilib keladi. Har safar AI-80 benzinni ishlab chiqarishni to‘xtatish va yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga o‘tish haqidagi rejalar e’lon qilinsa-da, amalda bu va’dalar keyinga qoldirilib, muddatlar uzaytiriladi. Shu bilan birga, 2025-yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bir vaqtda iqtisodchi Otabek Bakirov O‘zbekistonda AI-80 benzindan voz kechish masalasi qanchalik real ekanini tahlil qilib, bir nechta muhim yechimlarni ilgari surdi. 

Narxlar va bozor holati 

Bugun bozorda AI-80 benzin narxi boshqa turlar bilan taqqoslaganda pastroq bo‘lib, u sezilarli qimmatlamagan — so‘nggi birjada narx 0,3 foizga oshgan. Boshqa tomondan, AI-92 benzini narxi birdan 4 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu narx o‘zgarishlari aholiga qulayroq bo‘lgan AI-80 benzinining muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, propan narxi 1,6 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, u dekabrdagi yuqori ko‘rsatkichlardan pastroq darajada qolmoqda. 

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, AI-92 benzini narxining oshishi “O‘zbekneftgaz” tomonidan ishlab chiqarilgan benzin emas, balki import qilingan yoqilg‘ining narxi yuqoriligi bilan bog‘liq. 

AI-80dan voz kechish uchun qanday sharoitlar zarur? 

Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda AI-80 benzindan voz kechish mutlaqo mumkin. Biroq, bu jarayonni amalga oshirish bir necha sharoitlarning bajarilishini talab qiladi: 

1. Yolg‘on va’dalardan amaliy ishlarga o‘tish 

Monopolist “O‘zbekneftgaz tomonidan AI-80 benzin ishlab chiqarishni to‘xtatib, yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha bergan va’dalarni amalda bajarish kerak, — deydi Bakirov, — ishlab chiqarish tizimi AI-92 kabi yuqori oktanli benzin turlarini ishlab chiqarishga moslashtirilishi zarur. 

2. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining modernizatsiyasi 

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi zamonaviy texnologiyalar asosida AI-80 o‘rnini bosuvchi ekologik toza yoqilg‘ilar, jumladan, “Euro-5” standartlariga javob beradigan dizel yonilg‘isi va siviq tabiiy gaz ishlab chiqarishni oshirishi kerak. Zavodning ishlab chiqarish quvvati kamida 2 million tonnaga oshirilishi lozim. 

3. Yoqilg‘i importidagi monopoliya va cheklovlarni tugatish 

Logistika, temir yo‘l va omborxona xizmatlaridagi monopol va kamchiliklarni yo‘qotish zarur. Import manbalari va sotuv tarmog‘ini diversifikatsiya qilish orqali sog‘lom raqobatni shakllantirish kerak. 

4. Gaz eksportini to‘xtatish va ichki bozorga yo‘naltirish 

Gaz eksporti taqiqlanishi va mazasini oligarxlar so‘rayotgan 3 mlrd.kub gaz ichki bozorga, xususan 4 mlrd.dollarga tushgan va borgan sari kosmosdan ko‘rinadigan metallomga aylanayotgan GTL zavodning to‘liq quvvvatda ishlashiga yo‘naltirilishi zarur. Shunda propan taklifi keskin ko‘payib va barqarorlashib, 80 benzinning ikkinchi muhim muqobili paydo bo‘ladi. 

5. Elektromobillarni rivojlantirish 

elektromobillar importi va sotuviga taqiqlar, quvvatlash stansiyalariga qarshi repressiv qaror va buzg‘unchi harakatlar to‘xtatilishi lozim. Shunda har yili bozorga kiradigan 60-100 ming elektromobil yoqilg‘iga yuklamaning katta qismini o‘ziga oladi. 

AI-80dan voz kechishning qiyinchiliklari 

Bakirovning fikricha, yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi hozirgi O‘zbekiston sharoitida juda qiyin. Chunki energetika sohasi va yoqilg‘i ta’minotidagi “status-kvo”ni saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lgan tor oligarxik doiralar mavjud.

Ular o‘z monopol huquqlaridan va foydali bizneslaridan voz kechishga tayyor emas. 

Masalan: 

— Kim 3 milliard kub gaz eksportini to‘xtatadi? 

— Kim AI-80 benzin kabi 50 foizlik rentabellikka ega mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechadi? 

— Kim yoqilg‘i importidagi monopol huquqlarni topshiradi? 

Bu savollar O‘zbekistonda bu masalani yechish yo‘lidagi asosiy to‘siqlarni ko‘rsatmoqda. 

2025-yilgi davlat dasturi loyihasida AI-80 benzindan voz kechish taklifi asosan ekologlar tomonidan kiritilgan. Biroq ekologlar hukumatdagi siyosiy va iqtisodiy qaror qabul qilishda yetarli ta’sir kuchiga ega emas. Ma’muriy resurslarning cheklanganligi sababli, bu tashabbusning amalga oshishi hozircha katta savol ostida qolaveradi, deydi u.

Теги :
Jamiyat