$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

BCG Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi

avto

Boston Consulting Group (BCG) xalqaro konsalting kompaniyasi Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning yangi strategiyasini ishlab chiqishga jalb etiladi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

“O‘zavtosanoat” tashabbusni ma’qulladi

Mazkur tashabbus joriy yilning 12-dekabr kuni “Oʻzavtosanoat” boshqaruvi tomonidan maʼqullandi.

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi hujjat Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi koʻrib chiqiladi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati

BCG 1963-yilda amerikalik tadbirkor Bryus Xenderson tomonidan asos solingan. Kompaniya McKinsey & Company va Bain & Company bilan birgalikda konsalting firmalarining “Katta uchligi” tarkibiga kiradi. Ma’lumot uchun, Boston Consulting Group (BSG) konsalting kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochgan. Lekin, kompaniya O‘zbekiston bozorida 2017-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Oʻzbekiston banklari uchun yagona xizmat koʻrsatish tizimi

Shuningdek, bundan avval Boston Consulting Group va O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari uchun Yagona xizmat ko‘rsatish markazini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi.

Unga ko‘ra, kompaniya vakillari ichki jarayonlarni raqamlashtirish istiqbollari haqida ma’lumot bergan. Markaziy bank bunday birlashmani tashkil etish imkoniyatlari borasida axborot berib, O‘zbekistonda bu kabi muassasalarni ochishda hech qanday cheklovlar mavjud emasligini ta’kidlagan edi.

Теги :
Avto