Ro‘yxat: Bayram munosabati bilan poytaxtning qaysi hududlarida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi?
2-sentyabr kuniga qadar Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi istirohat bog‘larida bayram tomoshalari bo‘lishi rejalashtirilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar Mustaqillik bayrami munosabati bilan sayillar va bayram tomoshalari o‘tkaziladi.
“O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar xalq sayllari va bayram tomoshalari o‘tkaziladi”, – deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Bog‘lar ro‘yxati
Bektemir tumanidagi Coca-cola garden bog‘i;
Mirobod tumanidagi Furqat nomidagi istirohat bog‘i;
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Central park bog‘i;
Sergeli markaziy bog‘i;
Olmazor tumanidagi Beruniy maydoni;
Uchtepa tumanidagi “Eko Seul” istirohat bog‘i;
Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i;
Yunusobod tumanidagi O‘zekspomarkaz hududi;
Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” istirohat bog‘i;
Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” istirohat bog‘i;
Yangihayot tumanidagi Green park;
Yakkasaroy tumanidagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosining old maydoni.
“Har bir bog‘ ma’muriyati o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha tadbirlarni ham tashkil etadi. Bayram tomoshalari 18:00 dan so‘ng boshlanadi”, – deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.



