Qornida o‘qi bilan tug‘ilgan qizaloq
Yangi tug‘ilgan qizaloq qoniqarli holatda tug‘ilgan. Qorin old devorini palpatsiya qilishda shifokorlar teri osti shakllanishini aniqlagan.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Moskva viloyati ona va bola salomatligi markazida neonatal jarrohlar yangi tug‘ilgan chaqaloqning qorin old devoridan pnevmatik qurol o‘qini olib tashlagani ma’lum bo‘ldi.
Voqea qanday sodir bo‘lgan?
Aniqlanishicha, neonatal jarrohlik bo‘limiga qorin old devorida begona jism — pnevmatik qurol o‘qi bo‘lgan bolani ko‘chirish haqida qo‘ng‘iroq kelib tushadi. Yangi tug‘ilgan qizaloq qoniqarli holatda tug‘ilgan. Qorin old devorini palpatsiya qilishda shifokorlar teri osti shakllanishini aniqlagan. Voqea sabablariga oydinlik kiritilar ekan, bo‘lg‘usi ona homiladorligining 30-haftasida bolaning otasi uyning hovlisida pnevmatik quroldan nishonlarga o‘q uzgan holda mashg‘ulot o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan. Baxtsiz hodisa tufayli o‘q ayolning qorniga tekkan. Ota-onalar shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilgan.
O‘q teri ostida joylashganligini aniqlagan
Shundan so‘ng ultratovush tekshiruvi o‘tkazilgan, ona va bolaning hayoti va sog‘lig‘iga xavf kuzatilmagan, shoshilinch jarrohlik yordami uchun ko‘rsatmalar bo‘lmagan. Shu sababli, standart vaqt oralig‘ida rejalashtirilgan tug‘ruq to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Neonatal jarrohlar qorin bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalarining ultratovush tekshiruvi va rentgenografiyasini o‘tkazib, o‘q teri ostida joylashganligini aniqlagan. Bola tug‘ilgandan keyin rejalashtirilgan jarrohlik muolajasi o‘tkazilib, pnevmatik qurol o‘qi muvaffaqiyatli olib tashlangan. Operatsiyadan keyingi yara bitishi bilan ona-bola uyga yuborilgan.



