Bayram kunlari qaysi banklar ishlaydi?
Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Banklar ro‘yxati
Ma’lumki, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun — 31-avgustdan 3-sentyabrgacha dam olishadi. Bu bo‘yicha o‘tgan yili prezidentning tegishli farmoni qabul qilingandi. Shundan kelib chiqib, dam olish kunlari quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
Agro bank;
Asisa Alliance bank;
Aloqa bank;
Anor bank;
Asaka bank;
Biznesni rivojlantirish banki;
Garant bank;
Davr bank;
Infinbank;
Ipoteka bank;
Ipak Yo‘li banki;
Madad Invest bank;
MKBank;
Octobank;
Oriyent Finance bank;
Poytaxt bank;
Sanoatqurilishbank;
Saderat bank;
Trast bank;
Turon bank;
Universalbank;
Xalq banki;
Hayot bank;
Hamkorbank;
O‘zmilliybank.
Mobil ilovalar orqali xizmat
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Mustaqillik bayramida Toshkent metrosi 31-avgust va 1-sentyabrda odatiy ish kunlari, 2,3-sentyabrda esa dam olish kunlari uchun belgilangan jadval asosida xizmat ko‘rsatadi.



