$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistondagi eng faol bank qaysi?

rank rating reyting

Xabaringiz bor, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har chorakda Bank faolligi indeksini hisoblab chiqadi, uning asosida banklar reytingi yangilanadi. Indeks 31 ta tijorat banklari uchun hisoblanadi, ulardan: 17 tasi yirik va 14 tasi kichik banklar.

Tadqiqot xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushining o‘zgarishlarini kuzatish, bank sektoridagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini baholash maqsadida olib boriladi.

2024 yilning I choragidagi yirik banklar faolligi reytingi

17 ta yirik banklar orasida to‘rttasi o‘z mavqeini yaxshiladi. Xususan, “Xalq banki” umumiy reytingda ikki pog‘onaga ko‘tarildi, yana uchta bank - “Aziya Alyans bank”, “Ipak yo‘li bank”, “O‘zmilliybank” - bir pog‘onaga ko‘tarildi.

Quyidagi beshta bank umumiy reytingda bir pog‘ona yo‘qotib, o‘z o‘rinlarini saqlab qola olmadi: “Aloqa bank”, “Ipoteka bank”, “Agrobank”, “Invest Financ” bank va “Hamkor bank”.

Qolgan sakkizta bank umumiy reytingda o‘z o‘rinlarini saqlab qoldi.

Moliyaviy vositachilik

Moliyaviy vositachilik bo‘yicha (bank depozitlarining kreditlarga nisbati, boshqa bank va davlat oldidagi majburiyatlari) ko‘rsatkichi bo‘yicha “O‘zmilliybank” reytingda so‘nggi 16 o‘ringa ko‘tarildi. Shu bilan birga, yana ikkita bank – “Ipak Yo‘li banki” va “Agrobank” 1 pog‘onaga, Asaka bank 2 pog‘onaga yuqoriladi.

Moliyaviy ommaboplik

Moliyaviy ommaboplik bo‘yicha (har bir filialga to‘g‘ri keluvchi mijozlar soni, kredit konsentratsiyalashuvi darajasi va xususiy sektorga berilgan kreditlar xajmi) ko‘rsatkichi bo‘yicha “Orient Finans bank” eng so‘nggi o‘rinni saqlab qoldi. 1 pog‘onaga pasaygan banklar orasida “Aziya Alyans bank”, “Ipak Yo‘li banki” va “O‘zsanoatqurilishbank” bor. Shuningdek, “Invest Finans bank” ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birdaniga 4 pog‘onaga tushishi kuzatilgan.

Aksincha, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Kapital bank”, “Xalq banki”, “Aloqa bank”, “O‘zmilliybank” va “Biznesni Rivojlantirish banki” 1 pog‘onaga, “Trast bank” 2 pog‘onaga ko‘tarilgan.

Aktivlar sifati 

Aktivlar sifati bo‘yicha reytingda Ipoteka banki 2 pog‘ona yo‘qotib, eng so‘nggi o‘rinni egalladi. Ushbu reytingda, “Invest Finans bank”, “Orient Finans bank” va “Biznesni Rivojlantirish” banki 3 pog‘onaga hamda Aloqa bank 5 pog‘onaga o‘z o‘rinlarini yo‘qotishgan.

Daromad olish salohiyati

Daromad olish salohiyati (sof foizli daromadlar, sof foizli daromadlarning foizli xarajatlariga nisbati, foizsiz daromadlar) ko‘rsatkichi bo‘yicha “Ipak Yo‘li bank” 1 pog‘onaga, “Invest Finans bank” 2 pog‘onaga, “Aloqa bank” 3 pog‘onaga pasaygan.

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, yirik banklar umumiy reytingida “Kapital bank” va Trast bank” yana yetakchilikni saqlab qoldi. “Aziya Alyans bank” 1 pog‘onaga ko‘tarilib, reytingda 3-o‘rinni, “Hamkor bank” 4-o‘rinni egalladi.

Kichik banklar faolligi reytingi

Kichik banklar reytingida “Davr bank” yetakchilikni “Universal bank”ga boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi. U kichik banklar orasida ortiqcha 2 punkt bilan eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. “TVS bank” o‘z faoliyatini yaxshilagan holda kuchli uchlikni yopdi.

“Ziraat bank” reytingda beshinchi o‘rinni egallab, 3 pog‘onani yo‘qotdi. Mavqeini sezilarli darajada yomonlashtirgan yana bir bank “Madad Invest bank” - to‘rt ball yo‘qotdi.

Ushbu toifadagi qolgan banklar o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishdi.