Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +10°

O‘zbekiston banki Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolishi mumkin

Cheklov Rossiyada biznes yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va ikki davlat o‘rtasidagi moliyaviy oqimlarga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Asia invest bank

Current Time nashrining xabar berishicha, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining yangi paketiga O‘zbekiston Milliy bankining Rossiyada faoliyat yurituvchi sho‘’ba korxonasi “Asia-Invest Bank” ham kirishi mumkin. 

Yevropa Ittifoqining navbatdagi cheklov paketi

Ma’lumotga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 16-sanksiya paketini tayyorlamoqda. Uning ta’sirida Rossiyaning 15 banki bilan bir qatorda “Asia-Invest Bank” banki SWIFT banklararo tizimidan uzib qo‘yilish ehtimoli mavjud. Agar bank SWIFT’dan uzilgan bo‘lsa, bu uning xalqaro operatsiyalarini, jumladan, xorijiy valyutadagi to‘lovlar, o‘tkazmalar va hisob-kitoblarni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Cheklov Rossiyada biznes yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va ikki davlat o‘rtasidagi moliyaviy oqimlarga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.

 “Asia-Invest Bank” haqida

Bank 1996-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan. Uning faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, jumladan, moliya-bank sohasini rivojlantirishga qaratilgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tomoni hozircha bu masalaga aloqador rasmiy izoh berilmagan.