$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Oʻzbekiston banklarining 2024-yilgi foydasi 2 barobar qisqardi

valyuta so

Oʻzbekiston tijorat banklari 2024-yilda 6 trln. 966 mlrd. soʻm sof foyda oldi. 2023-yil bilan taqqoslaganda bu ikki barobarga kamroq deganidir.

Davlat banklari

Davlat ulushi mavjud 9 ta bankdan atigi 3 tasi foyda koʻrgan.

  • “Oʻzmilliybank” — 1,7 trillion soʻm foyda (+0,3%)
  • “Oʻzsanoatqurilishbank” — 1,3 trillion soʻm foyda (+42,9%)
  • Xalq banki — 268,5 milliard soʻm foyda (+8,1%)

Qolgan davlat banklarining barchasi zarar koʻrdi. Eng yirik zararni qayd etgan banklar:

  • “Biznesni rivojlantirish banki” – 2,2 trillion soʻm zarar
  • “Mikrokreditbank” – 1,7 trillion soʻm zarar
  • “Agrobank” – 69 mlrd. soʻm foyda, biroq 2023-yilga nisbatan daromad –90,8% ga kamaydi.

Xususiy banklar

Xususiy banklar 2024-yilda 7,7 trillion soʻm sof foyda oldi. Eng yaxshi natijalarni qayd etgan banklar:

  • “Hamkorbank” – 1,42 trillion soʻm foyda (+18,9%) 
  • “Kapitalbank” – 1,16 trillion soʻm foyda (-29,1%)
  • “Ipak yoʻli bank” – 910,5 milliard soʻm foyda (+23,0%)
  • TBC bank – 341 milliard soʻm foyda (+748,5%)
  • Uzum bank – 85,9 milliard soʻm foyda (+121,4%)

Shuningdek, Octobank (101,7%) va Orient Finans Bank (48,2%) ham yuqori oʻsishga erishdi. Biroq, nodavlat banklarining yettitasi yilni zarar bilan yakunladi.  

Bu raqamlar nimani bildiradi?

Top—10 banklar ichida faqat ikki davlat banki bor. Qolgan sakkizta oʻrinni xususiy banklar egallagan. Bu raqamlar davlat banklarini xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish zarurligini koʻrsatmoqda.

Xususiy banklar bozor sharoitida erkin raqobat qilib, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga hissa qoʻshmoqda. Davlat banklari esa qattiq nazorat va ortiqcha regulyativ bosim sababli ulardan orqada qolmoqda. Bank tizimi samaradorligini oshirish uchun davlat oʻzida sanoqli banklarni qoldirib, qolganlarini xususiylashtirishi zarur.

Теги :
Iqtisodiyot