$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Noqonuniy elektr qarmoqda baliq ovlanishi ortidan tabiatga 1,4 mlrd. so‘m zarar yetkazildi

positive

Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Tezkor tadbir

Viloyat Ekologiya boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanda tezkor nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida "Tamaddun" mahallasida yashovchi fuqarolar Q.Sh., I.Sh., X.B. va G‘.Sh. Tomonidan ushbu mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida noqonuniy baliq ovlangani aniqlangan.

Elektr qarmoqda ov qilganlar

Huquqbuzarlar tomonidan 182 bosh kumush tovonbaliq , 37 bosh orol moy balig‘i, 2 bosh Samarqand xramulyasi baliqlari taqiqlangan usul — elektr qarmoq bilan ovlangan.

"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunning 24-moddasi talabini buzgan holda hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinganda 1 milliard 439 million 900 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Hujjatlar prokuraturaga yuborildi

Holat yuzasidan huquqiy baho berish va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini undirish maqsadida barcha to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Теги :
Jamiyat