UzAuto Motors: “Avtomobillar qabristoni” mavjud emas
Shuningdek, kompaniya videorolikni tarqatgan shaxsga O‘zbekiston qonunchiligida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabar tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda “Onix va Tracker avtomobillari qabristoni...” deb iddao qilingan videorolik tarqaldi. Bu ma’lumotni UzAuto Motors kompaniyasi rad etdi.
Rasmiy izoh
“Video Andijon viloyatining dilerlik markazlaridan birining hududida avtomashinalarni yuklash jarayonida haydovchi tomonidan suratga olingan”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Kompaniya video tarqatuvchi shaxsni ogohlantirgan
Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasi O‘zbekiston qonunchiligida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabar tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanganini ham eslatib o‘tgan.
Foydalanuvchilarga ma’lumotlarni UzAuto Motors kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sayti va sahifalari orqali bilish tavsiya qilindi.



