Eng eski “arava”lar: TOP-5 lik narx va fotolari bilan
5-o‘rin. 1958-yilgi Moskvich — 2,5 ming dollar
1 daqiqa o‘qiladi

5-o‘rin. 1958-yilgi Moskvich — 2,5 ming dollar
Ishlab chiqarilganiga yarim asrdan oshgan bo‘lsa ham ushbu Moskvichning holati yaxshi. Gaz va benzinda yuradigan avtomobil 2,5 ming dollarga sotuvga chiqarilgan.
4-o‘rin. 1955-yilgi GAZ M-20 — 8 ming dollar
Ushbu avtomobil o‘z vaqtida “Pobeda” nomi bilan mashhur bo‘lgan. U mexanik uzatmaga ega bo‘lib, benzinda harakatlanadi. Hozir retro mashinalar qatorida.
3-o‘rin. 1939-yilgi Opel Kadett — 30 ming dollar
Ikkinchi jahon urushi davridagi bu mashina gaz va benzinda yuradi. Kulrangdagi avtomobilga 2021-yilgi balonlar qo‘yilgan.
2-o‘rin. 1939-yilgi Opel Olympia — 300 mln 970 ming so‘m
Yana bir 1939-yilgi mexanik nemis mashinasi faqat benzinda yuradi. Tarixiy mashina bo‘lsa-da, narxi zamonaviy biznes-klass mashinalarinikidek.
1-o‘rin. 1930-yilgi GAZ M1 — 475 mln 532 ming so‘m
Ro‘yxatdagi yoshi eng “ulug‘i“ ushbu mexanik GAZ M1 avtomobilidir. U taxminan 95 yoshda. Faqat benzinda yuradi. Mashina endi oddiy transport emas, balki kolleksionerlar orzusidagi eksponat.



