Eng past foizli avtokreditni qaysi bank taqdim etyapti?
29‑dekabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz hamda avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kunidagi foiz stavkalari e’lon qilindi.
2 daqiqa o‘qiladi

29‑dekabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz hamda avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kunidagi foiz stavkalari e’lon qilindi.
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari
Mazkur davrda taqdim etilgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 31,1%ni tashkil etmoqda.
Shuningdek:
- Jismoniy shaxslarga berilayotgan kreditlar (mikroqarzlardan tashqari) — 22,5%
- Yuridik shaxslarga berilayotgan kreditlar — 22,3%
Eng yuqori mikroqarz stavkalari
Quyidagi banklarda foiz stavkalari eng yuqori bo‘lgan:
- Tenge bank – 42,7%
- Anorbank – 41,3%
- Ipak yo‘li banki – 36,2%
- Ipoteka bank – 36%
- Davr bank – 35,3%
Eng past mikroqarz stavkalari
Mikroqarz stavkalari eng past bo‘lgan banklar:
- Aloqabank – 23,5%
- Trast bank – 24,1%
- Infinbank – 25,3%
- Milliy bank – 25,6%
- BRB – 25,8%
Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalar
Avtomobil xaridi uchun taqdim etilayotgan kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 23,4%ni tashkil etdi.
Bunda:
- Jismoniy shaxslarga kreditlar — 22,5%
- Yuridik shaxslarga kreditlar — 22,3%
Eng past avtokredit stavkalari
Quyidagi banklar avtokreditlar bo‘yicha eng qulay stavkalarni taklif qilmoqda:
- Infinbank – 18,3%
- Ipoteka bank – 19,9%
- Garant bank – 21,9%
- OFB – 22,2%
- Aloqabank – 22,5%
Eng yuqori avtokredit stavkalari
Avtokredit foizlari eng yuqori qayd etilgan banklar:
- Trast bank – 26,6%
- Asakabank – 26,5%
- Mikrokreditbank – 25,6%
- Agrobank – 24,8%
- Turon bank – 24,6%
Markaziy bank izohi
Markaziy bankning ta’kidlashicha, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlikda ajratiladigan kreditlarda foiz stavkalari yanada past bo‘lishi mumkin. Avtokredit miqdori esa avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich to‘lov va boshqa shartlarga qarab o‘zgaradi.


