Yanvar oyida eng ko‘p sotilgan avtomobil rusumi ma’lum bo‘ldi
OʻzAvtosanoat taqdim etgan ma’lumotlarga koʻra, mamlakat bo‘ylab jami 22 147 dona avtomobil sotilgan. Brendlar orasida esa Chevrolet yetakchilik qilib, 17 mingdan ortiq avtomobil sotgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Oʻzbekistonda avtomobil bozorining yanvar oyidagi natijalari e’lon qilindi. OʻzAvtosanoat taqdim etgan ma’lumotlarga koʻra, mamlakat bo‘ylab jami 22 147 dona avtomobil sotilgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi ulushi sezilarli darajada yuqori bo‘lib, UzAuto Motors eng ko‘p mashina sotgan kompaniya sifatida qayd etildi.
Oʻzbekistonda avtomobil savdosi
Yanvar oyida Oʻzbekiston bozorida eng koʻp avtomobil sotgan ishlab chiqaruvchilar:
1. UzAuto Motors – 12 525 dona
2. Khorezm Auto – 4 643 dona
3. ADM Jizzakh – 3 165 dona
4. BYD Uzbekistan Factory – 1 663 dona
5. Asaka Motors – 105 dona
6. SamAuto – 28 dona
7. Jizzakh Auto – 18 dona
Bozorda UzAuto Motors yetakchiligini saqlab qoldi va barcha sotuvlarning 56,5% ulushiga ega boʻldi. Keyingi oʻrinlarda Khorezm Auto (21%) va ADM Jizzakh (14,3%) joylashdi.
Chevrolet yetakchilikni saqlab qoldi
Yilning birinchi oyida eng koʻp sotilgan brend Chevrolet boʻlib, jami 17 168 dona avtomobil sotilgan. Undan keyingi oʻrinlarda:
KIA – 2 007 dona
BYD – 1 663 dona
Chery – 599 dona
Haval – 559 dona
Hyundai – 80 dona
Isuzu – 28 dona
Jetta – 18 dona
Eng ko‘p sotilgan avtomobil modellar
Mahalliy bozorning yetakchi modellariga quyidagilar kiradi:



