2024-yilda eng ko‘p sotilgan yengil avtomobil qaysi?
IXBT nashri o‘tgan yili eng ko‘p sotilgan avtomobillar TOP-10ligini e’lon qildi. Unga ko‘ra, reytingda birinchi o‘rinni olgan model o‘tgan yili 1,09 million dona sotilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

IXBT nashri o‘tgan yili eng ko‘p sotilgan avtomobillar TOP-10ligini e’lon qildi.
TOP-3
Unga ko‘ra, reytingda Tesla Model Y, Toyota RAV4, Honda CR-V va Hyundai Tucson yetakchilik qilmoqda.
Tesla Model Y sotuvlari 1,09 mln.ni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,2 foiz kamroq. Ikkinchi o‘rinda Toyota RAV4 joylashib, sotuvlar hajmi 1,02 mln.ni tashkil etdi (+10,7 foiz). Uchinchi o‘rinda Honda CR-V joylashdi, sotuvlar hajmi 738 315 (+4,2 foiz) ni tashkil etdi. Ushbu model 2010 – 2015-yillarda segmentda yetakchi bo‘lgan.
BYD Song reytingda
Shuningdek, to‘rtinchi o‘rinda Hyundai Tucson joylashib, sotuvlar hajmi 609 122 ta (-2,8 foiz) ni tashkil etdi, undan keyin esa BYD Song 2 pog‘ona yuqorilab, 574 351 ta sotilgan avtomobillari bilan (+45,3 foiz) beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Kia Sportage 2 pog‘ona pastlagan
Oltinchi o‘rinda Volkswagen Tiguan joylashib, 543 037 dona sotildi (+10,5 foiz), Kia Sportage esa 2 pog‘ona pastlab, 537 947 ta mashina sotdi (+5,3 foiz). Honda HR-V 382 839 dona (+8,8 foiz) va Mercedes GLC 358 320 dona (+26,6 foiz) bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.



