“Tolibon”: Toshkent yaxshi qo‘shnichilikni inobatga olib, oqilona qaror qabul qilishi kerak
Afg‘oniston “Tolibon” tomonidan egallab olinganidan so‘ng O‘zbekistonga uchib kelgan samolyot va vertolyotlar AQSh tomonidan O‘zbekistonga taqdim qilingach, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi vaziyatga munosabat bildirdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston “Tolibon” tomonidan egallab olinganidan so‘ng O‘zbekistonga uchib kelgan samolyot va vertolyotlar AQSh tomonidan O‘zbekistonga taqdim qilingach, “Tolibon” bunga munosabat bildirdi.
Aviatsiya texnikalarining taqdiri
2021-yilda Afg‘oniston “Tolibon” tomonidan egallab olinganidan so‘ng O‘zbekistonga jami 22 ta harbiy samolyot va 24 ta harbiy vertolyot uchib kelgandi. Kuni kecha AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Xenik jurnalistiga bergan intervyusida O‘zbekiston va AQSh rasmiylari 2021-yil avgust oyida afg‘on harbiylari tomonidan O‘zbekistonga berilgan aviatsiya texnikasi taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. “Bu allaqachon rasmiy hisoblanadi. Samolyotlar O‘zbekistonda qoladi”, — dedi elchi qurilma O‘zbekistonda qoladimi, degan savolga javob berar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar allaqachon qo‘shma dasturni amalga oshirishga kirishgan. “Ushbu uskunalar hech qachon afg‘onlarniki bo‘lmagan, u doim AQShga tegishli bo‘lgan. Afg‘on harbiylari undan foydalangan, lekin biz doimo unga egalik qilganmiz”, — deb tushuntirdi Xenik.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi bayonoti
Shundan so‘ng, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mavzu yuzasidan bayonot berdi. “O‘zbekistondagi afg‘on vertolyotlari va samolyotlari taqdiriga oid har qanday kelishuv qabul qilinishi mumkin emas. Toshkent yaxshi qo‘shnichilikni inobatga olib, oqilona qaror qabul qilishi va Afg‘oniston harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlarni topshirishda yordam berishi kerak”, deyiladi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi bayonotida.
Avvaliga vaziyat qanday edi?
Afg‘oniston matbuotiga ko‘ra, “Tolibon” mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritgunga qadar Afg‘onistonda 164 ta jangovar samolyot bo‘lgan. Ayni damda ulardan 81 nafari qolgan, Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari uchuvchilari samolyot va vertolyotlarning bir qismini O‘zbekiston va Tojikistonga olib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekistonga jami 22 ta harbiy samolyot va 24 ta harbiy vertolyot zarba berdi. Ular orasida Embraer EMB 314 Super Tucano, UH-60 Black Hawk, MD-530 va Mi-17 modellari bor edi.



