$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Bolalardagi teri toshmalarining asosiy sababi oziq-ovqat allergiyasi bilan bogʻliq

atopik

Tahlillarga koʻra, dunyoda har toʻrt boladan biri atopik dermatitdan aziyat chekadi. Chaqaloqlarda paydo boʻladigan teri toshmalarining 85 foizgacha qismi aynan ushbu kasallik belgisi.

Nasl suruvchi xastalik

Mutaxassis atopik dermatitning sabablari, alomatlari, tashxislash va davolash usullari haqida ma'lumot berdi.

 Atopik dermatit – nasl suruvchi xastalik. Agar ota yoki ona xuddi shunday patologiyadan aziyat cheksa, uning bolada namoyon boʻlish ehtimoli 30-40 foizga teng. Xastalik ota-onaning har ikkisida ham boʻlsa, xavf koʻrsatkichi 70-75 foizga oshadi, — deydi mutaxassis.

Atopik dermatit teri kasalligi emas

Chaqaloqlarda ushbu patologiya odatda 2-3 oyligidan rivojlanadi va 3-4 yil ichida yoʻqolib ketadi. Ba'zi hollarda esa toshmalar umr boʻyi saqlanib qolishi ham mumkin.

Atopik dermatit teri kasalligi emas, balki bola ichki organizmi faoliyatidagi buzilishlar belgisidir. Xastalikning asosiy sababi oziq-ovqat allergiyasi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, nafas yoʻllari orqali tanaga kirgan allergenlar ham toshmalarni paydo qiladi.

Qichishish — kasallikning asosiy belgisi. U uyquga va bemor bolaning kayfiyatiga salbiy ta'sir koʻrsatib, asabiylik hamda jizzakilikni keltirib chiqaradi.

Xastalik bosqichlari

 Toshmalar kasallik darajasiga qarab turli koʻrinishda boʻlishi mumkin. Oʻtkir bosqichda ular yorqin qizil rangga kirib, yalligʻlanish joyiga qon toʻplanishi tufayli mayda shishlar hosil boʻladi.

 Xastalikning yengil va oʻrta bosqichlarida esa toshmalar och qizgʻish tusda namoyon boʻladi. Ular quruq boʻlishi hisobiga tez toʻkilib tushadi. Toshmalarning koʻpayishi esa aksariyat hollarda terining kiyimga ishqalanishi oqibatida yuz beradi.

Rinit va astmaning ilk alomati

Bunday yara-chaqalar chaqaloqlarda asosan bosh, boʻyin va koʻkrak sohalarida, bolalar va oʻsmirlarda esa tirsak va tizza orqasida hamda boshqa tana a'zolarida koʻp uchraydi.

Yosh bolalardagi atopik dermatit, odatda, bir qator allergik kasalliklar, shu jumladan, oziq-ovqat sezgirligi, rinit va astmaning ilk alomati sifatida namoyon boʻlishi mumkin.

Atopik dermatitni samarali davolash

Atopik dermatitni samarali davolash uchun, avvalo, toʻgʻri tashxis zarur. Ammo tibbiy amaliyotda ba'zan buning aksi uchraydi. Bunday vaziyatda qoʻllaniladigan tibbiy muolajalar ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishi ma'lum.

Qolaversa, oʻzboshimchalik bilan, shifokor tavsiyasisiz turli dori-darmonlarni qoʻllash ham, afsuski, uchrab turadi. Oqibatda bemor tezroq sogʻayish oʻrniga, ahvoli yanada ogʻirlashib, hayoti xavf ostida qolishi mumkin.