Antibiotiklarni qabul qilgandan keyin ichak mikroflorasini qanday tiklash mumkin?
Infeksiyali kasalliklarni davolashda eng samarali vositalardan biri antibiotiklardir. Ammo ular faqat zararli bakteriyalarni emas, balki ichakdagi foydali mikroorganizmlarni ham “o‘ldiradi”.
1 daqiqa o‘qiladi

Buning oqibatida bemorda diareya, qorin dam bo‘lishi, immunitet zaiflashishi va ichak faoliyati buzilishi bilan bog‘liq boshqa qator jiddiy asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Ichak mikroflorasini tiklash uchun nimalar qilish kerak?
Antibiotiklar kursi tugaganidan keyin ratsionga probiotiklar va prebiotiklarga boy mahsulotlarni kiritish kerak, — deydi mutaxassis.
Probiotiklar — bu ichakni foydali bakteriyalar bilan to‘ldirishga yordam beruvchi tirik mikroorganizmlar, prebiotiklar esa foydali bakteriyalar uchun ozuqa manbai hisoblanib, ularning ko‘payishiga yordam beradi.
Foydali mahsulotlar
Bunday foydali bakteriyalar yogurt, kefir, tuzlangan karam, pishloq, banan, piyoz, sarimsoq kabi mahsulotlarda ko‘p bo‘ladi.
Ichak mikroflorasini tiklash uchun qayta ishlangan, yarim tayyor mahsulotlar, yog‘li taomlar, shakar, alkogol va kofe iste’molini cheklash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, yetarli miqdorda suv ichish, ko‘proq meva-sabzavotlar, butun donli, oqsil, ayniqsa S vitaminiga boy mahsulotlar tanovul qilish muhim.
Zararli odatlardan kechish
Antibiotik dori vositalarini qabul qilish oqibatida zaiflashgan immunitetni mustahkamlash uchun kamida 7-8 soat uxlash, sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish maqsadga muvofiq.
Ushbu qoidalarga amal qilgan bemorlarda ichak faoliyati o‘rtacha 1,5-2 oyda to‘liq tiklanadi.
Agar antibiotiklar kursidan keyingi asoratlar ushbu muddatdan ko‘proq vaqt davomida saqlansa, shifokorga murojaat qiling.



