$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bahor — allergiya mavsumi

Allergy

O'lkamizga bahor kirib kelmoqda va shu sabab bilan odam organizmida ham turli o'zgarishlar sodir bo'ladi hamda tashqi ta'sirlar ham kuchayadi. Eng ko'pi esa allergik va surunkali kasalliklarning avj olishi boshlanadi. Allergiya o'zi nima va uning oldini olish yo'llari qanday?

Allergiya ikki shaklda bo’lishi mumkin:

Mavsumiy: Semptomlar bahor, yoz yoki kuzda paydo bo'ladi va odatda gulchang yoki mog'or sporalariga bog'liq.

Yillik: semptomlar butun yil davomida sodir bo'ladi. Sabablari orasida chang , uy hayvonlarining tuklari, mog'or va tarakanlar kiradi.

Alergiya sababchilari:

Allergiya kishi organizmida tashqaridan taʼsir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega boʻlgan har xil yod moddalarga nisbatan paydo boʻladigan oʻziga xos reaksiya. Allergiyani sezgan organizm asosan gistamin ishlab chiqara boshlaydi. Gistamin allergenlarning tanaga kirishini to'xtatish uchun burun va ko'zlarda shish paydo bo'lishiga olib keladi. U yana burundan allergenlarni olib tashlash uchun aksirishni yuzaga keltiradi.

Bahorgi alergiyaning asosiy sababi bu - changdir.

O’simliklarning katta qismi changlanish yo’li bilan ko’payadi. Ularning ba’zilari bu uchun hasharotlardan foydalansa, boshqalari shamoldan foydalanadi. Bu davr esa ayni bahor chog’ida o’zining avj pallasiga chiqadi. Bunda tana changni zararli deb hisoblaydi va imunitet unga qarshi kurashishni boshlaydi. 

Bunda yuzaga keladigan alomatlar:

Burun bitishi;

Ko‘zlarning qichishi;

Burundagi qichishish;

Rinit;

Ko‘zlarning shishishi;

Ko‘zlarning yoshlanishi;

Yo‘talish.

Teridagi allergiya simptomlari:

Teri po‘st tashlashi;

Qichishish;

Teri quruqlashishi;

Terida qizg‘ish toshmalar toshishi.

Allergiya rivojlanishida ta’sir omillari:

Bunda kasallikka chalinish ehtimoli katta bo’lgan odamlar tushuniladi.

-Oilada allergiyaga uchragan odam bo’lishi - agar qarindoshlaringiz allergik bo’lsa, sizda ham uning rivojlanishi ehtimoli katta.

- Bolalarda allergiya nisbatan ijobiy. Negaki, bola ulg’aygani sari allergiya yo’qolib boradi.

- Astma borligi - astma mavjud odamlarda allergiya rivojlanishi ehtimoli katta. 

-Quyosh nurining kam bo’lishi - quyosh nurlari kam bo‘lgan hududlarda yashovchi bolalarning allergiya rivojlanish ko‘rsatkichlari yuqori ekanligini aniqlangan.

Allergiyaning oldini olish:

Allergik insonlar uchun ba’zan allergiyaga chalinmaslikning iloji yo’q, ammo uning yomon ta’sirlarini kamaytirish yoki oldini olish mumkin. Bu choralarni ko’ring:

-Chang darajasi yuqori bo’lgan paytlarda iloji boricha ko’chaga chiqmang.

-Bog’dorchilik bilan shug’ullanayotgan paytda niqobdan foydalaning.

-Konditsioner qurilmalarida allergiyaga qarshi filtrlardan foydalaning.

-Tez-tez kiyimlarni alishtirib turing va choyshablarni bir haftada bir marta yuving. 

-Quyoshdan saqlovchi ko’zaynakdan foydalaning.

-Bir haftada, kamida, bir marta pollarni tozalab turing. 

Qaysi holatda shifokorga murojaat qilish kerak?

Allergiya hayot sifatiga ta’sir qilishni boshlaganda, surunkali sinusit infektsiyalari, bosh og'rig'i, nafas olish qiyinlishuvi yoki doimiy yo'tal bo'lsa, odam shifokor yoki allergiya mutaxassisiga murojaat qilishi kerak.