Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Toshkentda sodir bo‘lgan yong‘inda bolakay qolib ketdi

Yong‘in natijasida xonadonning 20 m.kv maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda sodir bo‘lgan yong‘inda bolakay qolib ketdi

Uchtepa tumanida bo‘lgan yong‘inda bir nafar bola qolib ketgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi

Yong‘in bartaraf etilgan

Ma’lum bo‘lishicha, 15 avgust kuni soat 13:04 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, “Ko‘xna Cho‘ponota” MFYda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:29 da bartaraf etilgan.

Hozirda bolakayning ahvoli yaxshi

Aniqlanishicha, yong‘in joyida bir nafar bola bo‘lgan. FVV qutqaruvchilari tomonidan bola qutqarilib, hayoti saqlab qolingan. Bola tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Yong‘in natijasida xonadonning 20 m.kv maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.