Jazirama kunlarda avtomobil konditsioneridan qanday foydalanish kerak?
Xonada o‘tirganda konditsionerni vaqti-vaqti bilan o‘chirib qo‘yish yoki sovuq havo oqimi urmaydigan joyga o‘tib olish mumkin. Ammo transportda bo‘lganda-chi, o‘zingizni asrash uchun nimalar qilishingiz mumkin?
2 daqiqa o‘qiladi

Yozning jazirama kunlarida avtomobil konditsioneridan foydalanish nafaqat qulaylik, balki sog‘liq uchun ham muhimdir. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, konditsionerning o‘zi shamollashga olib kelmaydi, chunki bu kasallik kelib chiqishiga sovuq havo emas, balki mikroorganizmlar sabab bo‘ladi. Biroq o‘ta sovuq muhitda uzoq vaqt bo‘lish immun tizimini zaiflashtiradi, bu esa tanani infeksiyalarga qarshi himoyasiz qilib qo‘yishi mumkin.
Sovuq havoda uzoq qolish oqibatlari
Bundan tashqari, sovuq havoda uzoq qolish qon tomirlari torayadi, bu qon oqimini susaytiradi, natijada immunitet hujayralarining tomoq va burun shilliq pardalariga yetkazib berilishi tezligini sekinlashtiradi. Ko‘pincha aynan shu organlar bakteriyalar va viruslar uchun “kirish joyi” bo‘lganligi sababli, bunda infeksiya rivojlanishi ehtimoli ortadi.
Haroratning keskin o‘zgarishi tanaga qanday ta’sir qiladi?
Shuningdek, haroratning keskin o‘zgarishi, ya’ni sovitilgan xona yoki avtomobildan birdaniga jaziramaga chiqish ham tanani stressga tushirib qo‘yadi. Shu vaqtda stress gormonlari ishlab chiqariladi, uzoq muddat bu hol takrorlansa, immunitet tushib ketishi mumkin.
Avtomobilda konditsionerdan foydalanish qoidalari
Xonada o‘tirganingizda konditsionerni vaqti-vaqti bilan o‘chirib qo‘yish yoki sovuq havo oqimi urmaydigan joyga o‘tib olishingiz mumkin. Ammo transportda bo‘lganingizda-chi, o‘zingizni asrash uchun nimalar qilishingiz mumkin?
SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, avtomobilda bo‘lganda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
mashina haydashdan oldin salonni yaxshilab shamollatish;
sovuq havoni yuz va ko‘krak qismlariga yo‘naltirmaslik;
haroratni asta-sekin ko‘tarish yoki pasaytirish kerak bo‘ladi.
Avtobusda konditsioner ta’sirini qanday yengillatish mumkin?
Hozir deyarli har bir avtobusda kunduzi konditsioner ishlab turibdi. Afsuski, unda ketayotganingizda konditsionerning ishlashiga ta’sir qilib bo‘lmaydi. Ba’zi yo‘lovchilar sovuq havo keladigan teshiklarni yopib qo‘yadilar, ammo bu muammoning faqat yarim yechimidir. Avtobusda yurganda yana bir qavat yozgi kostyum yoki yengil ustki kiyim kiyib olish ham vaziyatni yengillatishi mumkin.
Agar shamollashdan qochib bo‘lmasa
Agar barcha urinishlar besamar ketib, baribir shamollab qolgan bo‘lsangiz, nima qilish kerak?
Universal tavsiya: simptomlarni yengillashtiradigan lokal ta’sir qiluvchi vositalardan foydalaning (hech qanday holatda shifokor tavsiyasisiz antibiotiklar bilan davolanmang).
Issig‘ingiz chiqqanida haroratni pasaytiruvchi, bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lish uchun esa har qanday retseptsiz og‘riq qoldiruvchi vositalardan foydalansangiz bo‘ladi. Tomoq shilliq qavatining yallig‘lanishidan esa maxsus so‘radigan tabletkalar yoki pastilkalar ajoyib yechim bo‘ladi. Bundan tashqari, tomoq og‘rig‘i uchun yaxshi o‘rganilgan antioksidant bo‘lgan S vitamini mavjud vositalar ham davodir. Odatda, bunday mahalliy davolanish yetarli bo‘ladi.



